Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-10-27 11:50:16
Orif Tolib Toshkentdagi G'afur G'ulom jamoat bog'i nomi xorijiy tildagi "Dream park"ka almashtirilayotgani borasida haqli savollar qo'ymoqda. Men esa bunga qo'shib yana bir nechta savollarimni shu ishlarga mas'ul til departamenti va uning rahbari Sobir Shukurovga…
2.2K views08:50
Ochish/sharhlash
2022-10-27 10:59:11 Futbolda "o'yinni o'ldirish" degan ibora bor. Bunda bir tomon raqib jamoaning o'yin tempini tushirish, hujumlarini kamytirish uchun turli usullar qo'llaydi.

Masalan, hujumga o'tmay to'pni faqat orqaga oshiradi, qo'polliklar qiladi. Natijada o'yinni "o'ldirishga" erishadi ham.
Agar O'zbekistondagi matbuot anjumanlarini ham bir futbol o'yini deb olsak, uni "o'ldirishda" Narzulla Oblomurodovga yetadigani yo'q, nazarimda.

U buni qanday qiladi bilmayman, lekin aniqki, Oblomurodovning birinchi savolga javobidan keyin jurnalist ikkinchi savolni bermaydi, bergisi kelmaydi.
2.0K viewsedited  07:59
Ochish/sharhlash
2022-10-27 09:31:07 Toshkentning ifloslangan havosi bo'yicha matbuot anjumani o'tyapti. Tadbirda vaziyat shunday tasvirlanyaptiki, go'yo 17-oktabrdagi chang inson sog'lig'i uchun koni foyda bo'lgan.

Qani edi shunday changli havo Toshkentga yana qaytsa-yu, undan to'yib nafas olsam.
1.9K viewsedited  06:31
Ochish/sharhlash
2022-10-26 16:32:19 Orif Tolib Toshkentdagi G'afur G'ulom jamoat bog'i nomi xorijiy tildagi "Dream park"ka almashtirilayotgani borasida haqli savollar qo'ymoqda. Men esa bunga qo'shib yana bir nechta savollarimni shu ishlarga mas'ul til departamenti va uning rahbari Sobir Shukurovga…
1.9K viewsedited  13:32
Ochish/sharhlash
2022-10-07 13:10:05
Deputatlarda anu boshidan yegan bolani ahvolida xullas.
1.0K views10:10
Ochish/sharhlash
2022-10-07 13:04:37
Shavkat Mirziyoev: “Har bir bergan pulimizni ochiq byudjet bo‘lib, odamlarning o‘zi tasdiqlasa, qanday yaxshi bo‘lardi”

Gifda "Tashabbusli byudjet" – byudjet mablag'larini samarali ishlatilishiga xizmat qiluvchi loyihani ishlab chiqib, uni yurib ketishi uchun kurashgan Moliya vazirligidagi hozirgi holat.

Loyihani o'zgartirishga (tugatishga) intilgan deputatlarning bugungi ahvoliga mos keladigan biror gif topsam, ulashaman.
1.0K viewsedited  10:04
Ochish/sharhlash
2022-10-06 14:53:53 3 kun avval hukumatdagi yaxshigina lavozimda ishlovchi amaldorlardan biri bilan intervyu o'tkazdim. Yarim soat davom etgan intervyumizdan keyin u haqda oshig'i bilan 9-10 gektar joyga fermerlik qilolarkan degan xulosa oldim.

Qaytaraman, 9-10 gektar, undan 1 gektar ham ko'p emas.

Afsuski, jamiyatda bunday kadrlarga tez-tez duch kelamiz. Va muammolarimizning, yillar davomida tinimsiz bir joyda depsinib turganimizning omili ham mana shu aslida – kerakli odamlar kerakli joyda emas yoki keraksiz ayrim kadrlar muhim joylarda.
1.1K viewsedited  11:53
Ochish/sharhlash
2022-10-05 19:31:05 O‘zbeklar nega Rossiya kanallari ta'sirida qolmoqda? Faollar bilan suhbat


O‘zbekistonning sovet ittifoqi tarkibidan ajralib chiqib, mustaqil davlat bo‘lganiga 31 yil to‘ldi. Lekin shuncha vaqt o‘tib ham, ko‘plab vatandoshlarning o‘zaro suhbatlarida, so‘rovnomalarda va ularning dunyodagi voqea hodisalarga nisbatan fikri olinganda, afsuski, mustaqillik hali xalqimizning ongiga to‘la ko‘chmagani, fikrlashida ro‘y bermayotganini ko‘ryapmiz.

Xo‘sh, o‘tgan 31 yilda MDHda biz bilan bir vaqtda mustaqil bo‘lgan ko‘plab davlatlar vatandoshlari qanday qilib fikr, ong mustaqilligiga erishdi-yu, nega bu yillar biz uchun yetarli bo‘lmadi?

Nega odamlarimizdan hamon bizni falonchi davlat boqyapti, iqtisodimiz, siyosatimiz, madaniyatimiz, taqdirimiz falonchaning qo‘lida, u bo‘lmasa kun ko‘rolmaymiz, degan fikrlarni eshityapmiz?

Ayni og‘riqli masala atrofida suhbat tashkil qildik. Suhbatdoshlarimiz – “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov, filologiya fanlari doktori, media tadqiqotchi Beruniy Alimov, siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov va jurnalist, bloger Muhrim A'zamxo‘jaev bo‘ldi.





@haqiqatdaIlyos
1.7K views16:31
Ochish/sharhlash
2022-10-04 19:52:57
Бугун Кун.уз таҳририяти яхши суҳбат ташкил қилибди. Мавзу – Ўзбекистоннинг ахборот суверенитети, ахборот мустақиллиги. Миллий Тикланиш партияси лидери Алишер ака Қодиров, ҳамда блогер укамиз Муҳрим билан танишганимдан жуда хурсанд бўлдим. Беруний ака билан танишганимга кўп бўлмади, лекин бу акага ҳам ҳурматим чексиз.

Алишер ака жуда самимий одам экан, кўп масалаларда фикримиз бир жойдан чиқди. Лекин, келиша олмаган нуқталаримиз ҳам бўлди. Назаримда, суҳбат қизгин ва тортишувларга бой бўлди. Илёсбекнинг айтишича, суҳбат эртага чиқиши керак.

Камолиддин Раббимов

@KamoliddinRabbimov_rasmiy
1.0K views16:52
Ochish/sharhlash
2022-10-04 06:45:33 4–oktabr O‘zbekiston tarixida qora rangda yoziladigan kun.

Bu kun o‘zbek xalqi sovetlar hukumatiga la'natlar aytadigan kun.

1938-yilning 4-oktabrida SSSR oliy sudi harbiy kollegiyasi o‘zbekistonlik 507 nafar siyosiy mahbusga nisbatan chiqarilgan otuv hukmini ijro etgan.

Otilganlar orasida o‘zbekning vijdonlari Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon va Abdurauf Fitrat ham bor edi.

O'tganlarning ruhlari shod, oxiratlari obod bo'lsin.

@haqiqatdaIlyos
692 viewsedited  03:45
Ochish/sharhlash