Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2022-09-20 15:17:18 "U hatto Rossiyaning o‘zida ham jinoyatchi hisoblanadi” – Yurist urushga chaqirilayotgan migrantlar haqida


Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi «Vagner» xususiy harbiy tashkiloti rahbari Yevgeniy Prigojin mamlakatdagi qamoqxonalardan birida mahbuslarni Ukrainadagi urushga borishga chorlayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Unda Prigojin mahbuslarga 6 oy davomida frontda jang qilgach, afv etilib, ozodlikka chiqishini aytgan.

Video internetda tarqalarkan, odamxo‘r, qotil va zo‘ravonlarning ozodlikka chiqishiga ko‘plab e'tirozlar bildirildi. Ko‘p o‘tmay «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi egasi bu bo‘yicha izoh berdi.

«Xususiy harbiy kompaniyada zeklar urushishini istamaganlar, o‘z farzandlaringni frontga jo‘natinglar. Yo ChVK va zeklar, yo bolalaringiz — o‘zlaring tanlanglar», — dedi “Putinning oshpazi” laqabi bilan tanilgan tadbirkor.

Ukrainaga qarshi urushda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga yollanib ishtirok etishni istagan mahbuslarga to‘liq amnitsiya va qurol-yarog‘lardan tashqari, 6 oy davomida oyiga 100 ming rubl maosh va'da qilinmoqda.

Rossiya tomoni urushga shuningdek, Rossiyada ishlayotgan mehnat migrantlarini ham keng jalb qilib kelmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, ko‘plab migrantlar urushga yollangan taqdirda pul mukofotlari va fuqarolik va'dasi bilan chaqiruv xatlari olgan.

Ayni masalalar tahlili bo‘yicha Rossiyadagi mehnat migrantlari huquqlari bilan shug‘ullanuvchi yurist Botirjon Shermuhammad bilan intervyu o‘tkazdik.





@haqiqatdaIlyos
1.4K viewsedited  12:17
Ochish/sharhlash
2022-09-19 07:44:08 ISHID terroristik tashkiloti tuzilarkan, yuzlab o'zbekistonlik erkaklar o'zlari bilan birga oilalarini ham olib, Suriya va Iroqqa chiqib ketgandi.

Biz  ikki davlat tuproqlarida kechgan urushlarda o‘zbeklardan tashkil topgan bir necha o'nlab jangari guruh jang qilgani, xudkushlar yuzlab odamlar o'limiga olib kelgan harakatlar sodir etganini va oxir oqibatda o'zlari ham it kunida o'lganini yaxshi bilamiz.

Shuningdek, yana yuzlab o'zbek terrorchilari hamon Iroq va Suriya qamoqxonalarida qolmoqda. Necha yuzlab bolalar ota-onasiz yetim.

Hozir eslasam, o'sha paytlarda hukumat odamlarning ISHIDga ommaviy ketishlarini to'xtatish maqsadida turli targ'ibot tadbirlariga zo'r bergan edi.

Bunda masalan, amaldorlar, imomlar tv orqali chiqishlar qilgan, mamlakat bo'ylab millionlab  nusxada brоshyuralar tarqatilgan, mahalla raislari, uchastkavoylar uyma-uy yurib, odamlarni terror tashkilotiga yollanib qolishdan ogohlantirib chiqqan.

Bugun Ukrainadagi bosqinchilik urushida Rossiya tomonidan yollanish o'zbeklar uchun o'sha paytdagi ISHIDga yollanishdan hecham farq qilmaydi. Hukumat uchun ham bu ayni o'sha xavf.

Ammo bugun meni birinchi holatda faol hukumatning ikkinchi holatdagi harakatsizligi o'ylantiryapti.

Tushunchamdagi kartina shundayki, bu mavzu hozir hukumatni xavotirlantirmayotgandek, u haqida rasmiylardan hech kimning gapirgisi yo'qdek.

Mavzu borasida faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi kam sonli ogohlantirishlar bilangina cheklanmoqda.

Bunday deyishimga sabablar bor, masalan, shu kunlarda mavzu bo'yicha tayyorlayotgan dasturim uchun mutaxassis berishni so'rab, ayrim tashkilotlarga murojaat qildim. Ammo ular "o'ylab ko'raylik", "maslahatlashaylik", "mutaxassislarimiz viloyatda", degan javoblardan nariga o'tishmayapti.

Nahotki, bu qo'rquv bilan bog'liq jimlik bo'lsa?!

Hurmatli mutasaddilar, sizni bilmadim-u, biz o'zbeklarning xususiy harbiy kompaniyalar safida urushga yollanishi va sizning jimligingiz ortidan katta xavflarni ko'ryapmiz. Keyin jurnalistlar bong urmadi, blogerlar gapirmadi, demang. O'shanda savol berish navbati bizda bo'ladi.

@haqiqatdaIlyos
1.5K viewsedited  04:44
Ochish/sharhlash
2022-09-17 14:54:22 SHHT: Kelishuvlar, Putin va Si uchrashuvi, rasmiy Toshkent xavotiri va Lukashenko tilidan yangragan rus falsafasi — O‘zbekiston nimalarga erishdi?

Kecha ShHTga a'zo davlat rahbarlarining 22 yig‘ilishi yakuniga yetdi. Shu bilan O‘zbekistonning ShHTga raisligi davri ham tugadi va raislik navbati ilk bor Hindistonga o‘tdi.

ShHTning Samarqand sammiti va unig yakunlarini siyosatshunos Kamollidin Rabbimov va iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan tahlil qildik.

Intervyuni to'liq ko'rish



@haqiqatdaIlyos
1.8K viewsedited  11:54
Ochish/sharhlash
2022-09-17 04:24:20
1.9K views01:24
Ochish/sharhlash
2022-09-17 04:24:14 Ayniqsa yosh avlodning ko'zi o'rganmagan kadr – "Ozodlik radiosi" o'zbek xizmati direktori Pahlavon Sodiq deyarli 30 yil deganda O'zbekistondan turib reportaj tayyorlamoqda.

Bu - Prezident administratsiyasiga yoshlar va avvalgisiga nisbatan erkin fikrli avlod kelganining yana bir mevasi.

Erkin nashrlar qanchalik ko'paysa, jamiyat ham demokratlasha boradi. Muammolar tezroq kanallashtirilib, yechimlar izlanadi. Hokimiyatlar bo'linishi o'z tizginiga tusha boradi.

Shuningdek, g'arb nashrining paydo bo'lishi ko'p yillar rus propagandasi ta'sirida bo'lgan o'zbek jamiyatida ham yangi fikrlar, g'oyalar uyg'onishiga sabab bo'ladi. Odamlar faqat bir tomonlama axborot eshitish xavfidan qutuladi. Saralashni o'rganadi.
Shu ma'noda, "Ozodlik"ning qaytishidan xursand bo'ldim.

*
Bu O'zbekistondagi jurnalistlarga ham yaxshi ma'noda raqobat va ish sifati degani. Shaxsan men bunday raqobat muhiti paydo bo'lishidan xursand bo'lardim.

*
Radio bilan akkreditatsiya masalasidagi muloqotlar qaysi bosqichda ekanini bilmayman, lekin mendan so'rashsa, bu ishlar oldinga siljishiga ovoz beraman.

Bundan qo'rqish kerak emas.
1.9K viewsedited  01:24
Ochish/sharhlash
2022-09-05 20:41:43 Turdimovga bog'lamagan holda aytish kerakki, Samarqand shahri shaharsozlik va yashillik bo'yicha boshqa hududlarni ortda qoldiribdi.

Samarqandga sayohatni rejalayotgan bo'lsangiz, bunga kamida ikki kunni ajratavering. Bir kunda aylanib ulgurmaysiz.
699 viewsedited  17:41
Ochish/sharhlash
2022-09-05 19:54:36 Buncha arzon bo'lding, arzanda jonim (...).
783 viewsedited  16:54
Ochish/sharhlash
2022-09-01 09:43:51 Qozog'iston islohotlar yo'lida boshqacha tezlik olyapti.
688 views06:43
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:40:29 O'zbekiston Qur'onning ayrim tafsirlari va Imom al-Buxoriy to'plagan sahih hadislarni taqiqqa olgani, ekstremistik materiallar qatoriga kiritgani uchun Rossiya tomoniga norozilik munosabatini bildirishi kerak.
250 viewsedited  04:40
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:09:22 Dindorlarning ham, sekulyarlarning ham bu jamiyatga beradigan taklifi bor. Qabilachilik va qutblashishdan qochib, mushtarak muammolarimiz haqida baxslashaylik, o’rta yo’lni qidiraylik.

Sardor Salim
329 views04:09
Ochish/sharhlash