Get Mystery Box with random crypto!

Shaxsiy ehtiyojlarim yoki uy uchun biror narsa xarid qilishda | Ilyos Safarov

Shaxsiy ehtiyojlarim yoki uy uchun biror narsa xarid qilishda QR-kod orqali to'lov qilib ketaverardim.

Menga shu qulay edi. Chunki yonimda doim plastik karta yoki naqd pul olib yurolmayman. Ular hech bo'lmaganda, yodimdan chiqib qolishi mumkin.

Afsuski, davlat Soliq qo'mitasi odamlar endigina o'rgana borayotgan elektron to'lov tizimi borasida rivojlanishni orqaga tortuvchi navbatdagi tashabbus bilan chiqibdi. Unga ko'ra, endi Click, Payme, Apelsin kabi to'lov tizimlari orqali QR-koddan foydalanib to'lov qilolmaysiz.

Iqtisodchilar buni elektron savdoni o'ldirish, qaysidir korchalonning yangi xohishlari natijasi va buning uchun hukumatning dastyorligi ham demoqda.

Umuman, bizda hukumat doim tor doiraning chegara bilmas manfaatlari uchun dastyorlik qiladi. Avtomobil monopoliyasi, uy-joy narxlari, elektrotexnika...va mana endi elektron to'lov tizimiga ko'chmoqda bu dastyorlik.

Minilgan esa oddiy xalq bo'lib qolaveradi.

Nahotki, tushumni nazorat qilishning ITga, zamonga moslashgan biror uslubini topolmadi bular?!