Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-11-06 07:38:38
1.1K views04:38
Ochish/sharhlash
2022-11-06 07:00:04
#Rossiya_Uzbekiston_uyiniga_tushmayman
1.1K viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2022-11-06 06:15:09
#Rossiya_Uzbekiston_uyiniga_tushmayman

Bu o'yinga tushmang, bosqinchilarni qo'llab-quvvatlamang. Bitta o'yin ko'rmaysiz lekin insoniylikni, g'ururni saqlab qolasiz.
1.2K viewsedited  03:15
Ochish/sharhlash
2022-11-05 06:46:04
Tez-tez she'r o'qib turing. Yaxshi she'r qalbni poklaydi, yumshatadi. Abduvali Qutbiddin she'rlari – inchinun.


https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/abduvali-qutbiddin-sherlar-nayson-va-xayol-kechasi-toplamlari.html

@haqiqatdaIlyos
1.2K views03:46
Ochish/sharhlash
2022-11-04 15:38:43
Norboevaning Putin topshirig‘iga ko‘ra Rossiya davlat mukofoti bilan taqdirlanishi masalasini muhokama qilyapmiz-u, tadbirning asosiy mazmuni, xavflari esdan chiqayotgandek.

MDH Parlamentlararo Assambleyasi sessiyasi.

Ayrim tahlilchilarga ko'ra, bu yig'in oxir-oqibatda MDH nomi bilan a'zo davlatlar qonunchiligini Rossiya qonunchiligiga yaqinlashtirish va hatto bir xillashtirishga qaratilgan.

Bu esa o'z navbatida Rossiyaning jirkanchli imperiyachilik g'oyasi va bu yo'lda anchadan beri ilgari surib keladigan, Karimov to'liq qarshi turgan "Oliy sovet" tashabbusi rivojiga xizmat qilib qolishi mumkin.

Dengizga tagi teshik, nafaqat teshik, yog'ochlari chirib bo'lgan kemada (yaxshi bilgan holda) yo'l olmoqchi bo'layotgandekmiz.

Xavotirlarimiz noto'g'ri bo'lsa, marhamat, chiqib yuritayotgan siyosatingizni, sessiya masalalarini matbuot anjumani orqali tushuntirib bering.
911 viewsedited  12:38
Ochish/sharhlash
2022-11-04 15:15:08
Soat 4 ga intervyu belgilaganman. Mendan avval esa studiyani hamkasbim Gulmira Husanovna band qilgandi.

Ha deganda intervyu tugayvermagach, sekin studiyaga kirib ko'rishga qaror qildim. Maqsadim, opa, vaqt bo'ldi degan ma'noda yengil yo'talib chiqish edi.

Qarasam, mana bu holat – ishtirokchilar gender tenglik, ayollarga nisbatan zo'ravonlik, xotin-qizlar masalasida mas'ul organlarning xo'jako'rsinga, ta'sirsiz ishlayotgani masalasida shu qadar yonib gapiryaptiki, suhbat hali beri tugamaydigan.

Hozir parda orqasidan suhbatni eshitib o'tiribman.

Bir narsani aytib qo'yay, bu intervyuni ko'rmasangiz ko'p narsa yo'qotasiz, anchagina bilim va balki yangi dunyoqarashlardan quruq qolasiz.

Keyin intervyu chiqqach, uning olovi ham juda uzoooq yonadi, aniq.)
850 views12:15
Ochish/sharhlash
2022-11-03 19:09:49 O‘zbekistonda jahon telekanallari efirga uzatila boshlandi

O‘zbekistonda noyabr oyidan boshlab raqamli televidenie operatorlari o‘z paketlariga Rossiya kanallariga muqobil sifatida boshqa mamlakatlarning yangiliklar kanallarini qo'shdi.

Juda yaxshi yangilik, o'rtoqlar. Chunki jamiyatni birgina xorijiy davlatning axborot kanallari ta'sirida qoldirish oqibatlarini har kuni his qilyapmiz. Bu hatto O'zbekiston suverenitetiga ham xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan masalaga aylangan ekan.

Avvalroq rus propagandasining ana shu xavfli oqibatlaridan ogohlantirib, qilinishi kerak bo'lgan ishlarni hukumatga eslatib katta intervyu o'tkazgandik.

Ko'rmagan bo'lsangiz, bo'sh vaqt topib ko'rib chiqing.





@haqiqatdaIlyos
1.3K viewsedited  16:09
Ochish/sharhlash
2022-11-03 18:41:25 11-noyabr kuni Samarqand shahri Turkiy  davlatlar tashkiloti sammitiga mezbonlik qiladi. Turkiy kengash o‘rnida tuzilgan tashkilotning ilk sammiti Markaziy Osiyo va Samarqandda o‘tayotgani e'tiborga molik.

Xo‘sh, Samarqand sammiti kun tartibidan qanday masalalar muhokamasi o‘rin olgan? Bugun bu tashkilotning xalqaro maydondagi o‘rni qanday va uning o‘zi singari boshqa birliklardan sustroq faoliyatiga nimalar sabab bo‘lyapti?

Shu va boshqa savollar bilan Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov, iqtisodchi Abdulla Abduqodirov va siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimovni suhbatga taklif qildik.





@haqiqatdaIlyos
1.2K views15:41
Ochish/sharhlash
2022-11-03 12:47:36 Gazeta.uz darsliklar va fincha ta'lim tizimi masalasiga bor yangilikni taqdim etish emas, tahliliy tanqid pozitsiyasi bilan yondashmoqda.

Tahririyat o'z kolumnisti fikrlariga quloq tutayotgani hamda uni oxirigacha qo'llab-quvvatlayotgani uchun ham hurmatga loyiq.

Quyida Komil Jalilovning mavzu borasidagi navbatdagi tahlili bilan tanishishingiz mumkin.

https://www.gazeta.uz/ru/2022/11/03/finland-education/?utm_source=push&utm_medium=telegram
1.3K viewsedited  09:47
Ochish/sharhlash
2022-11-02 15:24:19
937 views12:24
Ochish/sharhlash