Get Mystery Box with random crypto!

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun talabgorl | Milliy sertifikat

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2022-yil 5-dekabr kunidan ona tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 18-dekabrga qadar davom etadi.

Test sinovlari esa 2023-yil 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi hamda o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkaziladi.

Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.

Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda talabgorlar test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube