Get Mystery Box with random crypto!

Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonla | Milliy sertifikat

Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 4-dekabr kuni matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari 1-smenada matematika fanidan, 2-smenada biologiya fanidan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 7 907 nafar talabgordan 7 759 nafari ishtirok etdi. 24 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirishda quyidagicha ballar beriladi:

eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plaganlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

eng yuqori ballning 86 foizi va undan yuqori ball to‘plaganlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball;

tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube