Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 67

2021-08-15 10:47:11 O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga kirish test sinovlari

O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 18-avgust kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 19:00 da boshlanadi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

Qoraqalpog‘siton Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni;

Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);

Namangan viloyati – 17-bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Navbahor-umid” stadioni;

Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi;

Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);

Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;

Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2-sektor);

Toshkent shahri – Botanika bog‘i (1-2-3-4-sektorlar).

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani O‘zbekiston musulmonlar idorasining qabul.muslim.uz sayti hamda @qabulmuslimuz_bot va @qabulmuslimuz2_bot telegram botlari orqali olishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
87.3K views07:47
Ochish/sharhlash
2021-08-15 08:11:21 ​​#Qabul2021
Yana 5 ta hududda test sinovlari yakunlandi

13-avgust kuni Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida test sinovlari yakunlangan edi.

14-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida ham test sinovlari yakunlandi.

Test sinovlari yakunlanmagan yagona hudud Toshkent shahri bo‘lib, Toshkent shahrida test sinovlari 16-avgust kuni yakunlanadi.

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari esa 16-avgustdan so‘ng 14 kun ichida tashkil etiladi.

Mazkur test sinovini tashkil etish tartibi va sxemasi bilan quyidagi rasmda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
79.8K views05:11
Ochish/sharhlash
2021-08-14 21:03:06 Davlat test markazi pinned «#Qabul2021 To‘qqizinchi kun natijalari e’lon qilindi 2021-yil 13-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. 13-avgust kuni test sinovlarida ishtirok…»
18:03
Ochish/sharhlash
2021-08-14 21:02:52 #Qabul2021
To‘qqizinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 13-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

13-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
86.5K views18:02
Ochish/sharhlash
2021-08-14 16:34:49 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga kirish test sinovlari

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 18-avgust kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 19:00 da boshlanadi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

Qoraqalpog‘siton Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni;

Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);

Namangan viloyati – 17-bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Navbahor-umid” stadioni;

Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi;

Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);

Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;

Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2-sektor);

Navoiy viloyati – “Kimyogar” o‘yingohi;

Samarqand viloyati – Lokomativ markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni (1-sektor).

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma Harbiy tibbiyot akademiyasi tomonidan tarqatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
84.0K viewsedited  13:34
Ochish/sharhlash
2021-08-14 16:10:41 Davlat test markazi pinned «Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik…»
13:10
Ochish/sharhlash
2021-08-14 16:09:01 Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari
hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 18-avgust kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 07:00 da boshlanadi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

Qoraqalpog‘siton Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni;

Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);

Namangan viloyati – 17-bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Navbahor-umid” stadioni;

Farg‘ona viloyati – Farg‘ona davlat universiteti stadioni;

Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi;

Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);

Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;

Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2-sektor);

Jizzax viloyati – “So‘g‘diyona” markaziy o‘yingohi futbol maydoni (1-sektor);

Navoiy viloyati – “Kimyogar” o‘yingohi;

Sirdaryo viloyati – Guliston markaziy o‘yingohi (1-sektor);

Samarqand viloyati – Lokomativ markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni (1-sektor), Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi futbol maydoni;

Toshkent shahri – Botanika bog‘i (1-2-3-sektorlar).

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 06:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
92.2K viewsedited  13:09
Ochish/sharhlash
2021-08-14 15:08:10
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari yuzasidan - 8

https://telegra.ph/Munosabat-08-14-2

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
75.5K views12:08
Ochish/sharhlash
2021-08-13 22:00:41 ​​#Qabul2021
7 ta hududda test sinovlari yakunlandi

Ma’lumki, 2021-yil 5-avgust kuni 2021-2022-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.

Bugun, 13-avgust kuni Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida test sinovlari yakunlandi.

Respublika bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni yakunlanadi va tana harorati yuqori bo‘lgan hamda koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun 14 kun ichida qayta test sinovlari tashkil etiladi.

Ular uchun test sinovini tashkil etish tartibi va sxemasi bilan quyidagi rasmda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
111.2K views19:00
Ochish/sharhlash
2021-07-31 20:08:42 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha

Ma’lumki, 15-iyuldan transfer.dtm.uz sayti orqali xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

Hozirda onlayn ariza topshirgan talabalarning ma’lumotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:

Onlayn ariza berilganda – “Yangi”.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelsa – “Qabul qilindi”.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelmasa – “Rad qilindi”.

Ariza rad etilgan taqdirda, buning sababi ham ko‘rsatiladi va talabalar qayta onlayn ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.

Agar arizaning rad etilganlik holati bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa bevosita Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
33.5K views17:08
Ochish/sharhlash