Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 65

2021-08-21 11:12:18
Umumxalq xayriya hashari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan 2021-yil 21-avgust kuni mamlakatimizning barcha hududlarida “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Davlat test markazida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.

Unda Davlat test markazi xodimlari faol ishtirok etib, Markaz hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
71.9K views08:12
Ochish/sharhlash
2021-08-21 10:46:53
#Qabul2021 #Ovozli_chat
Test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ovozli chat

Bugun, 21-avgust kuni soat 15:00 da Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etadi.

Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi:

test sinovlarining dastlabki yakunlari;
koronavirusga chalinganlar uchun qo‘shimcha test sinovlari;
test sinovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilish;
xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari.

Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
83.6K views07:46
Ochish/sharhlash
2021-08-20 20:47:47 Davlat test markazi pinned « Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun test sinovlari 23-avgust kuni o‘tkaziladi Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 2021-yil 23-avgust kuni bo‘lib…»
17:47
Ochish/sharhlash
2021-08-20 20:47:39 Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun test sinovlari 23-avgust kuni o‘tkaziladi

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 2021-yil 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Unda quyidagi toifadagi abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi:

test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan abituriyentlar;

16-avgustga qadar koronavirusga chalinganligi sababli qo‘shimcha test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga chalinganligi tasdiqlangan abituriyentlar.

Qayta tashkil etilgan test sinovlarida ham tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan yoki koronavirusdan to‘liq sog‘aymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.

Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish hududi sifatida o‘zlari tanlagan hududda test sinovida ishtirok etadi.

Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tegishli ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng 21-avgust kunidan boshlab my.dtm.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
114.5K views17:47
Ochish/sharhlash
2021-08-18 20:14:10 Davlat test markazi pinned « Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga! Ma’lumki, alohida iqtidor talab etiladigan yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari tomonidan…»
17:14
Ochish/sharhlash
2021-08-18 20:00:46 Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, alohida iqtidor talab etiladigan yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi va mazkur natijalar Davlat test markazining maxsus tizimlariga joylashtirildi.

Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari va test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limi orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
39.8K views17:00
Ochish/sharhlash
2021-08-18 16:40:48 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirganlar diqqatiga!

Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza topshirgan va arizasi qabul qilingan, lekin test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarga to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda.

Unga ko‘ra xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan talabgorlar 2021-yil 19-avgust kuni 18:00 ga qadar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bu talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ular uchun berilayotgan so‘nggi imkoniyatdir.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
62.0K views13:40
Ochish/sharhlash
2021-08-18 10:23:37 Davlat test markazi pinned « Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar uchun 2-bosqich imtihonlari 21-22-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari Qoraqalpog‘iston…»
07:23
Ochish/sharhlash
2021-08-18 10:23:22 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar uchun 2-bosqich imtihonlari 21-22-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi va 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari quyidagi vaqtlarda bo‘lib o‘tadi:

5-6-sinflar uchun – 21-avgust 07:00 da;
9-10-sinflar uchun – 21-avgust 19:00 da;
7-8-sinflar uchun – 22-avgust 07:00 da.

Faqatgina Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida bo‘lib o‘tadigan test sinovlari barcha sinflar uchun 22-avgust kuni soat 07:00 da o‘tkaziladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari talab etiladi.

Test sinovi bo‘lib o‘tadigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati va ularning geolokatsiyalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://telegra.ph/PM-maydonlar-08-18.

2021-yil 19-20-avgust kunlari o‘quvchilar uchun tanishtiruv kuni hisoblanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
69.5K views07:23
Ochish/sharhlash