Get Mystery Box with random crypto!

​​#Qabul2021 7 ta hududda test sinovlari yakunlandi Ma’lum | Milliy sertifikat

​​#Qabul2021
7 ta hududda test sinovlari yakunlandi

Ma’lumki, 2021-yil 5-avgust kuni 2021-2022-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.

Bugun, 13-avgust kuni Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida test sinovlari yakunlandi.

Respublika bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni yakunlanadi va tana harorati yuqori bo‘lgan hamda koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun 14 kun ichida qayta test sinovlari tashkil etiladi.

Ular uchun test sinovini tashkil etish tartibi va sxemasi bilan quyidagi rasmda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube