Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 63

2021-08-24 20:44:20 #Qabul2021
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 23-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

23-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limidan):

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

transfer.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda (hozirda sayt tayyorlanmoqda, 1 soatdan so‘ng natijalarni bilish mumkin bo‘ladi).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
35.5K views17:44
Ochish/sharhlash
2021-08-24 20:29:10 Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovi natijalari

Ma’lumki, 2021-yil 23-avgust kuni tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovi o‘tkazildi va 24-avgust kuni test natijalari e’lon qilindi.

Unda ishtirok etishi belgilangan 973 nafar talabgordan 805 nafari ishtirok etdi, 157 nafari test sinovlariga kelmadi, 4 nafari test sinovi jarayonida, 11 nafari hududga kirishda tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

Qayd etish kerakki, ushbu test sinovida quyidagi toifadagi abituriyentlar ishtirok etdi:

test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan abituriyentlar;

16-avgustga qadar koronavirusga chalinganligi sababli qo‘shimcha test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga chalinganligi tasdiqlangan abituriyentlar.

Test sinovlarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida mazkur test sinovida ishtirok etgan abituriyentlarning ma’lumotlari va test natijalari mandat.dtm.uz saytida alohida e’lon qilindi.

Ya’ni, istalgan fuqaro mandat.dtm.uz sayti orqali mazkur test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning ma’lumotlarini ko‘rishi va ularning natijalari bilan tanishishi mumkin.

Buning uchun mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidagi “Qo‘shimcha” qismidan “Covid-19” ni tanlash kifoya.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
38.1K views17:29
Ochish/sharhlash
2021-08-24 20:21:18 #Qabul2021
Qo‘shimcha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2021-yil 23-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha test sinovi natijalari e’lon qilindi.

23-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limi orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
40.4K views17:21
Ochish/sharhlash
2021-08-24 12:51:47 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga kirish test sinovlari

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 25-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari qabul komissiyasi tomonidan belgilangan 5 ta mutaxassislik fanidan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 100 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat-u 20 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 100 ball bo‘lib, har bir tog‘ri javob uchun 1 balldan beriladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
61.9K views09:51
Ochish/sharhlash
2021-08-24 08:37:54 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari 2021-yil 25-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 25 tadan jami 75 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida 2 ta mutaxassislik fani uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 300 ball bo‘lib, har bir tog‘ri javob uchun 4 balldan beriladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
66.8K views05:37
Ochish/sharhlash
2021-08-23 16:17:29 Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari 2021-yil 25-avgust kuni 07:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari Toshkent davlat yuridik universiteti Kengashi tomonidan tasdiqlangan Davlat va huquq nazariyasi hamda chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, Davlat va huquq nazariyasi fani bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,2 balldan (jami 96 ball), chet tili fani bo‘yicha esa 3,1 balldan (jami 93 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 24-avgust kuni Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 06:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
76.1K views13:17
Ochish/sharhlash
2021-08-23 13:23:26 Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

Ma’lumki, talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bunda 2-smenada bo‘lib o‘tadigan test sinovlari 18:00 dan 21:00 ga qadar o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga 17:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Talabgorlar test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan yuklab olish mumkin.

Test sinovi bo‘yicha batafsil ma’lumot: https://t.me/dtmuzb/3886

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
83.5K views10:23
Ochish/sharhlash
2021-08-23 11:46:49 ​​#Qabul2021
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kirish test sinovi natijalari

2021-yil 20-avgust kuni 2021-2022-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kirish test sinovi o‘tkazilgan edi.

Mazkur test sinovining natijalari 22-avgust kuni Davlat test markazining saytida e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari bilan magistr.dtm.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
76.0K views08:46
Ochish/sharhlash
2021-08-23 00:09:20 Davlat test markazi pinned «#Qabul2021 Test natijalarini bilish usullari Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga 4 xil usulda bilishlari mumkin:…»
21:09
Ochish/sharhlash