O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurt | Milliy sertifikat
O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga kirish test sinovlari
O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 18-avgust kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 19:00 da boshlanadi.
Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:
Qoraqalpog‘siton Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni;
Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);
Namangan viloyati – 17-bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Navbahor-umid” stadioni;
Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi;
Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);
Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;
Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2-sektor);
Toshkent shahri – Botanika bog‘i (1-2-3-4-sektorlar).
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani O‘zbekiston musulmonlar idorasining qabul.muslim.uz sayti hamda @qabulmuslimuz_bot va @qabulmuslimuz2_bot telegram botlari orqali olishlari mumkin.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube