Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akad | Milliy sertifikat

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga kirish test sinovlari

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 18-avgust kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 19:00 da boshlanadi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

Qoraqalpog‘siton Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni;

Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);

Namangan viloyati – 17-bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Navbahor-umid” stadioni;

Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi;

Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);

Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;

Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2-sektor);

Navoiy viloyati – “Kimyogar” o‘yingohi;

Samarqand viloyati – Lokomativ markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni (1-sektor).

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma Harbiy tibbiyot akademiyasi tomonidan tarqatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube