Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 64

2021-08-22 20:04:22 #Qabul2021 #Imtiyoz
Xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari

Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgan abituriyent mandat.dtm.uz saytining “Imtiyozli” bo‘limidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi va imtiyoz doirasida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ko‘rsatiladi.

Qayd etish kerakki, xotin-qizlar uchun beriladigan imtiyoz abituriyent qaysi oliy ta’lim muassasasiga topshirganidan qat’iy nazar uning doimiy ro‘yxatda turgan manzili asosida qo‘llaniladi va kunduzgi ta’lim shakli uchun o‘rinli hisoblanadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyoz esa har bir ta’lim shakli uchun oliy ta’lim muassasasi kesimida qo‘llaniladi.

Imtiyoz doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ham ishtirok etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
40.3K views17:04
Ochish/sharhlash
2021-08-22 10:13:46 #Qabul2021 #Ovozli_chat
Test sinovlarining dastlabki yakunlariga bag‘ishlangan ovozli chatning audiofayli

Ovozli chat Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov bilan o‘tkazildi va quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob berildi:

test sinovlarining dastlabki yakunlari;
koronavirusga chalinganlar uchun qo‘shimcha test sinovlari;
test sinovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilish;
OTMlarga kirishda abituriyentlarga beriladigan imityozlar va ularning qo‘llanishi;
xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari;
Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilayotgan boshqa test sinovlari va h.k.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
61.0K views07:13
Ochish/sharhlash
2021-08-22 01:52:00 Коронавирус инфекцияси билан зарарланиб тест синовларида иштирок эта олмаганлар ва тест синовларига киришда тана ҳарорати 37С даражадан юқори бўлган абитуриентлар диққатига!

23 август куни бўлиб ўтадиган тест синовлари учун абитуриент рухсатномасини my.dtm.uz сайтидан юклаб олишингиз мумкин.

Рухсатномада кўрсатилган вақтдан кечикмасдан келишингизни сўраймиз.

@radjabovs
64.3K views22:52
Ochish/sharhlash
2021-08-21 17:22:05 ​​Xorijdan o‘qishni ko‘chirayotganlar uchun qulaylik

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 87 486 nafarni tashkil etgan bo‘lib, ularning ma’lumotlari Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda mandat.dtm.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat etganligini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish bali qanchani tashkil etishini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi va Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkazilmasligi sababli mandat.dtm.uz saytiga ularning ma’lumotlari joylashtirilmagan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
80.6K views14:22
Ochish/sharhlash
2021-08-21 16:12:27 Davlat test markazi pinned «​​ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25-avgust kunlari o‘tkaziladi Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.…»
13:12
Ochish/sharhlash
2021-08-21 16:12:03 ​​ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni 2-smenada boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari:

-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkaziladi va talabgorlarga har bir mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,2 balldan (jami 96 ball), ikkinchi mutaxassislik fani bo‘yicha esa 3,1 balldan (jami 93 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi va ularga Davlat test markazi tomonidan ruxsatnoma berilmaydi. Ular uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
88.8K views13:12
Ochish/sharhlash
2021-08-21 13:02:50
#Qabul2021 #Ovozli_chat #Live
Test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi

Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etmoqda.

Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi:

test sinovlarining dastlabki yakunlari;
koronavirusga chalinganlar uchun qo‘shimcha test sinovlari;
test sinovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilish;
xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari.

Ishtirokchilar ovozli chat davomida qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda mavzu yuzasidan o‘z savollarini berishlari mumkin.

Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.me/dtmuzb?voicechat

Ovozli chat funksiyasi ishlashi uchun telegramning oxirgi versiyasi bo‘lishi lozim. Agar sizda telegramning oxirgi versiyasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, dasturni yangilab olishni unutmang.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
76.7K views10:02
Ochish/sharhlash
2021-08-21 12:37:41 Davlat test markazi pinned a photo
09:37
Ochish/sharhlash