Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 60

2021-09-08 10:27:44 Magistratura uchun chet tili fanidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni chet tili fanidan test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining Magistratura” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

Agar talabgor haqiqatdan ham chet tili fanidan test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
111.8K views07:27
Ochish/sharhlash
2021-09-07 17:06:01 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 7-sentabrdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etildi.

4 smenada jami 598 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 198 nafari jarayonda ishtirok etdi, 400 nafari ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
104.8K views14:06
Ochish/sharhlash
2021-09-07 17:02:00 Внимание абитуриент-2021!

Банковско – финансовая академия Республики Узбекистан принимает абитуриентов набравших более 114 баллов на испытаниях Государственного тестового центра по:
- математике,
- английскому и русскому языкам.

Стоимость контракта составляет – 25 564 тыс. сум в год (может быть оплачен работодателем).

Порядок ваших действий:
1.Зарегистрируйтесь на сайте qabul.bfa.uz ;
2.Загрузите скриншот страницы с результатами теста;
3.Пройдите собеседование с потенциальными работодателями;
4.Станьте студентом опорного вуза банковско-финансовой системы.

Достоинства обучения в Банковско-финансовой академии:
1.Инновационная программа обучения;
2.Преподаватели-практики, эксперты в бизнесе;
3.Ежемесячные личные встречи с руководителями банков;
4.Единственный в стране диплом ВВА по банковскому делу;
5.Обучение одновременно на узбекском, русском и английском языках;

Контакты:
https://t.me/bfauz
Чатбот @BFA_uz_bot
71 237 54 09
71 237 53 16
101.7K views14:02
Ochish/sharhlash
2021-09-05 21:21:09 Davlat test markazi pinned «​​ Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Imtihonlarda ishtirok…»
18:21
Ochish/sharhlash
2021-09-05 21:20:29 ​​ Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari

2021-2022-o‘quv yili
uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin.

magistr.dtm.uz sayti orqali:

magistr.dtm.uz
saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz
saytining “Magistratura-2021” bo‘limidan talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (talabgorning ID raqamini yuborgan holda):

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
44.9K views18:20
Ochish/sharhlash
2021-09-05 06:21:55 ​​Test sinovlari natijasi bo‘yicha apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi

Qonunchilikka ko‘ra, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Abituriyent murojaat qilganda unga apellatsiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi.

Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.

Apellatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish to‘liq yakunlanganidan so‘ng, besh ish kuni ichida taqdim etiladi.

Apellatsiya komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
103.6K views03:21
Ochish/sharhlash
2021-09-04 16:35:56 ​​Apellatsiya arizalarini berish tartibi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 5-sentabr kuni 09:00 dan boshlab apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi.

Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar 10 kunda davomida onlayn qabul qilinadi.

Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan abituriyent dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

Agar abituriyent haqiqatdan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish apellatsiya komissiyasi tomonidan 2021-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Izoh: apellatsiya.dtm.uz saytida uchta bo‘lim mavjud bo‘lib, magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining chet tili fani va xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha apellatsiya arizalari mazkur imtihonlarning yakuniy natijalar e’lon qilingandan so‘ng ishga tushiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
128.6K views13:35
Ochish/sharhlash
2021-09-03 14:01:22 my.dtm.uz сайти орқали жавоб варақасини PDF нусҳаси билан ҳам кўчириб олиш мумкин.
229.5K views11:01
Ochish/sharhlash
2021-09-03 13:11:28 Davlat test markazi pinned «​​ Tanlov natijalarini bilish usullari 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin. my.dtm.uz sayti orqali: my.dtm.uz saytiga…»
10:11
Ochish/sharhlash
2021-09-03 13:00:04 ​​ Tanlov natijalarini bilish usullari

2021-2022-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz
saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz
saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
607.1K views10:00
Ochish/sharhlash