Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 61

2021-09-03 12:57:40 Aбитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!

Мамнуният билан шуни маълум қиламизки, 2021/2022 ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари бўйича танлов натижалари 3 сентябрь куни эълон қилинади.

Натижалар қуйидаги жадвалга мувофиқ эълон қилинади:

15:00 дан – Қорақалпоғистон Республикаси, Хоразм, Навоий, Бухоро, Сурхондарё ва Қашқадарё вилоятлари;

16:00 дан – Фарғона, Aндижон ва Наманган вилоятлари;

17:00 дан – Самарқанд, Жиззах, Сирдарё, Тошкент вилояти ва Тошкент шаҳри.

Давлат тест маркази барча абитуриентларга муваффақият тилайди!

- - -

Вниманию абитуриентов и их родителей!

Мы рады сообщить Вам, что 3 сентября будут объявлены результаты конкурса по вступительным испытаниям высших образовательных учреждений по направлению бакалавриата на 2021/2022 учебный год.

Результаты будут опубликованы в соответствии с приведенной ниже таблицей:

С 15: 00 - Хорезмская, Навоийская, Бухарская, Сурхандарьинская и Кашкадарьинская области, Республика Каракалпакстан;

С 16: 00 – Ферганская, Андижанская и Наманганская области;

С 17: 00-Самаркандская, Джизакская, Сырдарьинская, Ташкентская области и город Ташкент.

Государственный центр тестирования желает успехов всем абитуриентам!

Давлат тест марказининг расмий саҳифалари:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
258.5K viewsedited  09:57
Ochish/sharhlash
2021-09-03 12:51:09 Davlat test markazi pinned « Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 3-sentabr kuni e’lon…»
09:51
Ochish/sharhlash
2021-09-03 12:51:04 Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 3-sentabr kuni e’lon qilinadi.

Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:

15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;

16:00 dan – Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari;

17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
312.7K viewsedited  09:51
Ochish/sharhlash
2021-08-31 22:51:57
Vatanimizning Mustaqillik kuni bilan!

1-sentabr sanasi Vatanimiz va xalqimiz uchun unutilmas, tarixiy kun hisoblanadi!

Bundan 30 yil oldin O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan suveren davlat sifatida ko‘pmillatli xalqining farovonligi va erkini ta’minlash hamda taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanladi.

Bugun o‘tgan yillar davomida erishilgan yutuqlarni uzoq sanash mumkin, ammo muhimi – yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Shu tufayli hamyurtlarimiz bilan tinchlik va xotirjamlikda, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shib, ulkan zafarlarni qo‘lga kiritib kelmoqdamiz!

Fursatdan foydalanib, Davlat test markazi jamoasi nomidan O‘zbekiston xalqiga mustahkam sog‘liq, farovonlik va omad, jonajon Vatanimizga esa – tinchlik va ulkan taraqqiyot tilab qolamiz.

O‘zbekistonliklar o‘zlarining ezgu amallari va muvaffaqiyatlari bilan jahon hamjamiyatida yurtimiz nufuzini mustahkamlab borishlari barqaror va bardavom bo‘laversin!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
287.2K views19:51
Ochish/sharhlash
2021-08-30 20:26:29 #Qabul2021
Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tilidan ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 29-avgust kuni magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili fanidan o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

29-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

magistr.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“Magistratura-2021” bo‘limidan):

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
261.8K views17:26
Ochish/sharhlash
2021-08-29 21:04:39 Davlat test markazi pinned «#Qabul2021 Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tilidan birinchi kun natijalari e’lon qilindi 2021-yil 28-avgust kuni magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili fanidan o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. …»
18:04
Ochish/sharhlash
2021-08-29 21:04:31 #Qabul2021
Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tilidan birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 28-avgust kuni magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili fanidan o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

28-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

magistr.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“Magistratura-2021” bo‘limidan):

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
46.8K views18:04
Ochish/sharhlash
2021-08-29 19:08:53 #Qabul2021
Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovi natijalari

2021-yil 27-avgust kuni Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari bilan texnikum.dtm.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
66.8K views16:08
Ochish/sharhlash
2021-08-29 18:02:47 #Qabul2021 #Harbiy
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan abituriyentlar davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovida ishtirok etmaydi

Ma’lumki, joriy yilda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan birga o‘tkazildi va ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlarga oliy harbiy ta’lim muassasasidan tashqari fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi berildi.

Test sinovlari yakunlangandan so‘ng oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan talabgorlarning test natijalari Davlat test markazi tomonidan oliy harbiy ta’lim muasssasalariga taqdim etildi va oliy harbiy ta’lim muassasalari tomonidan tanlov o‘tkazilib, tanlov natijalari e’lon qilindi.

Shundan so‘ng, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan talabgorlar haqidagi ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etildi va ular davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etmaydi.

Shu sababli oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan abituriyentlar mandat.dtm.uz saytida ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi ro‘yxatdan chiqarib tashlandi.

Buning natijasida ayrim ta’lim yo‘nalishlarida abituriyentlarning soni kamaydi va ularning ballar ketma-ketligidagi o‘rni o‘zgardi, aniqroq qilib aytganda yuqoriga ko‘tarildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
76.1K views15:02
Ochish/sharhlash
2021-08-28 20:31:07 Davlat test markazi pinned « Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2021-2022-o‘quv yili uchun Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2021-yil 30-avgust kuni 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari: -smenada 08:00 dan 09:40 ga qadar; -smenada 18:00 dan 19:40 ga…»
17:31
Ochish/sharhlash