Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 62

2021-08-28 20:31:00 Akademik litseylarga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2021-yil 30-avgust kuni 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 09:40 ga qadar;
-smenada 18:00 dan 19:40 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga o‘quvchilarning intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlashda foydalaniladigan test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari joylashtirilgan bo‘lib, talabgorlar https://dtm.uz/page/iq_test sahifasi orqali ular bilan tanishishi mumkin.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 29-avgust kuni 09:00 dan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining litsey.edu.uz saytidan va Akademik litseylardan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
123.4K views17:31
Ochish/sharhlash
2021-08-27 13:20:59 Hurmatli magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar!

Magistratura mutaxassisliklariga qabul magistr.edu.uz sayti orqali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, talabgorlarning hujjatlari, jumladan, yo‘nalishlarning mos va turdosh ekanligi, diplom va uning ilovasi, diplom bo‘yicha o‘rtacha ball va chet tili bo‘yicha sertifikatlar kabi ma’lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilgan.

Shuningdek, mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihonlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur imtihon natijalari hali Davlat test markaziga taqdim etilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarorida 2021-yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining faqat 2-bosqichi, ya’ni, chet tili fanidan test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.

Bunda chet tili fanidan test sinovlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tashkil etiladi. Jumladan, kimlar 2-bosqich imtihonlarida ishtirok etishi, talabgor qaysi chet tili bo‘yicha test topshirishi va qaysi hududda test sinovida ishtirok etishi kabi ma’lumotlar vazirlik tomonidan Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Davlat test markaziga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar shakllantirilgan bo‘lib, talabgorlarga magistr.dtm.uz sayti orqali ruxsatnomalarni yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

Hozirda talabgorlar tomonidan diplomning o‘rtacha bali, mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihon natijalari, chet tili sertifikatini inobatga olish kabi turli masalalar bo‘yicha Davlat test markaziga ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda talabgorlar bu kabi masalalar bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari lozimligini ma’lum qilamiz hamda Davlat test markazi magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha faqatgina chet tili fanidan test sinovlarini o‘tkazishga mas’ul ekanligini eslatib o‘tamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
124.1K views10:20
Ochish/sharhlash
2021-08-26 19:28:31 #Qabul2021
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 25-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

25-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

transfer.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limidan):

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
116.9K views16:28
Ochish/sharhlash
2021-08-26 18:39:49 Davlat test markazi pinned «#Qabul2021 Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga! Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish Oliy va o‘rta maxsus…»
15:39
Ochish/sharhlash
2021-08-26 18:39:44 #Qabul2021
Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirildi va 1-bosqich imtihonlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Preziddentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarorida muvofiq 2-bosqich imtihonlari, ya’ni, chet tili fanidan test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

Chet tili fanidan test sinovlari 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani magistr.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Bunda ruxsatnomalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Davlat test markaziga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari tomonidan mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonda necha ball olganidan qat’iy nazar ruxsatnoma chiqqan barcha talabgorlar test sinovlarida ishtirok eta oladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
132.7K views15:39
Ochish/sharhlash
2021-08-26 11:34:04 Davlat test markazi pinned « Magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari…»
08:34
Ochish/sharhlash
2021-08-26 11:33:58 Magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 09:00 ga qadar;
-smenada 17:30 dan 18:30 ga qadar;
-smenada 20:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi va 1 soat vaqt ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qaroriga muvofiq test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
123.9K views08:33
Ochish/sharhlash
2021-08-26 10:09:13 #Qabul2021 #Imtiyoz
Olis cho‘l hududlari aholisi va harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi

Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga Navoiy viloyatining olis cho‘l hududlarida yashovchi va harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgan abituriyent mandat.dtm.uz saytining “Imtiyozli” bo‘limidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi va imtiyoz doirasida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ko‘rsatiladi.

Imtiyoz doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ham ishtirok etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
105.8K views07:09
Ochish/sharhlash
2021-08-26 08:11:08 Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2021-yil 27-avgust kuni bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

-smenada 07:00 dan 09:00 ga qadar;
-smenada 18:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari tarix va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 40 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, har bir tog‘ri javob uchun 3,15 balldan beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining texnikum.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
104.3K views05:11
Ochish/sharhlash
2021-08-25 21:27:40 #Qabul2021
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 24-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

24-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

transfer.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limidan):

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
118.6K views18:27
Ochish/sharhlash