Get Mystery Box with random crypto!

Ona tili va adabiyot fanidan test varianti tafsiloti va test n | Milliy sertifikat

Ona tili va adabiyot fanidan test varianti tafsiloti va test namunalari

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan milliy test tizimi uchun test varianti tafsiloti va namunaviy test topshiriqlari joylashtirildi.

Talabgorlar test varianti tafsiloti va namunaviy test topshiriqlari bilan Davlat test markazining rasmiy veb-saytidagi “Milliy sertifikatlash tizimi” bo‘limida tanishishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Mazkur fanlar bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 18-dekabrga qadar davom etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube