Get Mystery Box with random crypto!

Dekabr oyining ikkinchi yarmidagi chet tili imtihonlari 22-30- | Milliy sertifikat

Dekabr oyining ikkinchi yarmidagi chet tili imtihonlari 22-30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Dekabr
oyining ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarini 2022-yil 20-21-dekabr kunlari tashkil etish rejalashtirilgan edi.

Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovlarini sifatli tashkil etish maqsadida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarini 22-dekabr kunidan boshlanishi belgilandi.

Bunda gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlar 22-23-24-, 26-, 29-30-dekabr kunlari, test sinovlarining yozma qismi esa 27-28-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini 20-dekabr kuni my.gov.uz sayti orqali bilishlari va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube