Get Mystery Box with random crypto!

Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovl | Milliy sertifikat

Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari

Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2022-yil 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va test sinovlari 10:00 da boshlanadi.

Test sinovida talabgorlarga 45 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2,5 soat vaqt beriladi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga 09:00 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube