Get Mystery Box with random crypto!

Doktoranturaga qabul bo‘yicha bo‘layotgan murojaatlar yuzasida | Milliy sertifikat

Doktoranturaga qabul bo‘yicha bo‘layotgan murojaatlar yuzasidan

Shu kunlarda Davlat test markaziga doktoranturaga qabul boʻyicha koʻplab murojaatlar bo‘lmoqda. Mazkur murojaatlardan kelib chiqqan holda quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Doktoranturaga qabul Innovatsiya vazirligi tomonidan muvofiqlashtiradi va bu jarayonda Davlat test markazi ishtirok etmaydi.

Prezidentning 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq doktoranturaga kirish uchun talabgorlardan milliy yoki xalqaro chet tili sertifikati talab etiladi.

Bunda aynan Davlat test markazidan milliy sertifikat olish kerak degan talab mavjud emas. Talabgorlar chet tili bo‘yicha xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘plab talabgorlar xalqaro sertifikat emas, balki milliy sertifikat olishni afzal bilmoqda. Chunki Davlat test markazi tomonidan tashkil etiladigan chet tili imtihonlari xalqaro imtihonlardan koʻra ancha arzon hisoblanadi. Misol uchun, IELTS imtihoni taxminan 2 mln., Linguaskill imtihoni 1 mln. so‘m bo‘lsa, milliy sertifikat imtihoni uchun toʻlov 405 ming so‘mni tashkil etadi.

Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan chet tili imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq tashkil etiladi.

Unga koʻra chet tilidan koʻp darajali test sinovlari B1, B2 va C1 tilini bilish darajalari boʻyicha o‘tkaziladi. A1 va A2 tilini bilish daralari uchun esa sertifikat berilmaydi.

Koʻp darajali tizimga o‘tmagan chet tillarida esa talabgorlar qaysi daraja uchun imtihon topshirishini ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zi tanlaydi va mazkur daraja uchun talabni bajara olmasa sertifikat taqdim etilmaydi.

Agar doktoranturaga hujjat topshirgan talabgorlarda doktoranturaga qabul boʻyicha savollar yoki e’tirozlar boʻlsa, Innovatsiya vazirligiga murojaat qilishlari lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube