Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta’limi tizimidagi har oylik ustama to‘lanadigan malakali | Milliy sertifikat

Xalq ta’limi tizimidagi har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash test sinovida ishtirok etgan talabgorlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 425-son qarorida Xalq ta’limi tizimidagi malakali pedagog kadrlarni har oylik ustama to‘lash orqali rag‘batlantirish belgilangan.

Unga ko‘ra, ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni tanlab olish uchun nomzodlarning dars beradigan fani bo‘yicha bilim darajasini baholash test sinovlari o‘tkaziladi.

Shu sababli Xalq ta’limi vazirligining murojaatiga asosan Davlat test markazi tomonidan 2022-yil 16-dekabr kuni nomzodlarni saralash test sinovlari o‘tkazildi.

Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilindi va talabgorlar my.dtm.uz saytining “O‘qituvchilar” bo‘limidan o‘z natijalarini bilish olishlari mumkin.

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 27-28-29-dekabr kunlari my.dtm.uz saytining  “O‘qituvchilar” bo‘limi orqali apellatsiya arizasini berishlari mumkin.

Apellatsiya arizalari Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va apellatsiya xulosasi 15 ish kuni ichida talabgorga yozma ravishda yuboriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube