Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 90.91K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-04-23 10:30:59 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda

Navbatdagi “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha 48 soatlik malaka oshirish kursining onlayn ( Zoom va Canvas platformasi orqali) mashg’ulotlari 29-aprel kuni boshlanadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 26-aprel kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service platformasi orqali ro'yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Mashg‘ulotlar 29-apreldan 20-maygacha davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 26-aprel.
Imtihon narxi: 1 050 000 so‘m.
To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 26-aprel.
@bba_ilmiy_markaz

(95) 507-70-72

@IlmiyMarkazUz
23.1K views07:30
Ochish/sharhlash
2024-04-23 07:17:03 Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.7K views04:17
Ochish/sharhlash
2024-04-23 07:15:55 iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP
(International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

tinglab tushunish;
o‘qish;
grammatika;
yozish;
gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 10-may kuniga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

Imtihonlar 11-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m.

iTEP uchun mock test https://www.iteptest.com/preview


@bba_ilmiy_markaz

(95) 515-68-68

@IlmiyMarkazUz
21.2K views04:15
Ochish/sharhlash
2024-04-22 15:52:29
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 20-21-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 26,8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 26 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, 2024-yil 28-aprel kuni ham chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.5K views12:52
Ochish/sharhlash
2024-04-19 13:59:59 Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga!

Ma’lumki, 2024-yil 1-fevral kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etib, seminar yakunida test sinovi topshirgan nomzodlarning test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Nomzodlar test sinovi natijalarini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Tanlovning suhbat bosqichi barcha hududlarda 2024-yil 22-apreldan 26-aprelga qadar (shu kunlari ham) o‘tkaziladi.

Havola: https://my.uzbmb.uz/service/62

Izoh: tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
32.8K views10:59
Ochish/sharhlash
2024-04-19 13:46:12
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

Bunda nomzodlarning:
tinglab tushunish
o‘qish
gapirish
so‘z boyligi va grammatika
yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

Test sinovi 11-mayda tashkil etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 10-may ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.

Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m.

Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati).

Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

@bba_ilmiy_markaz

(95) 515-68-68

@IlmiyMarkazUz
24.7K views10:46
Ochish/sharhlash
2024-04-19 13:45:46
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP
(International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

tinglab tushunish;
o‘qish;
grammatika;
yozish;
gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 10-may kuniga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

Imtihonlar 11-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m.

iTEP uchun mock test https://www.iteptest.com/preview

Ma'lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo'lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari munkin bo'ladi.

@bba_ilmiy_markaz

(95) 515-68-68

@IlmiyMarkazUz
18.0K views10:45
Ochish/sharhlash
2024-04-19 13:34:11
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 30-31-mart kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 1-18-aprel kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

Unda 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 16 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: imtihon natijalari 25-aprel kuni e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
30.9K views10:34
Ochish/sharhlash
2024-04-18 20:18:53 Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2024-yil 2-aprel kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25.2K views17:18
Ochish/sharhlash
2024-04-18 13:11:53
Xalqaro hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bilimni baholash agentligi va AQShning “Educational Testing Service” tashkiloti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ikki tomonlama Memorandum imzolangan.

Joriy yilning 15-21-aprel kunlari “Educational Testing Service” tashkilotining delegatsiyasi Toshkentda amaliy tashrif bilan bo‘lishadi.

Tashrifning asosiy maqsadi 18-aprelda ingliz tili o‘qituvchilari uchun TOEFL testlari bo‘yicha konferensiya va qisqa seminarlar tashkil etishdan iborat.

17-aprel kuni Bilimni baholash agentligi vakillari bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Agentlik faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi.

Shuningdek, hamkorlikda TOEFL IBT sertifikatlarining haqiqiyligini tekshirish va qoida buzish holatlarining oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi.

Agentlik va hududiy bo‘limlarda TOEFL IBT va GRE imtihonlarini tashkil etish jarayonini jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
27.4K viewsedited  10:11
Ochish/sharhlash