Get Mystery Box with random crypto!

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv | Bilimni baholash agentligi

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda

Navbatdagi “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha 48 soatlik malaka oshirish kursining onlayn ( Zoom va Canvas platformasi orqali) mashg’ulotlari 29-aprel kuni boshlanadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 26-aprel kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service platformasi orqali ro'yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Mashg‘ulotlar 29-apreldan 20-maygacha davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 26-aprel.
Imtihon narxi: 1 050 000 so‘m.
To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 26-aprel.
@bba_ilmiy_markaz

(95) 507-70-72

@IlmiyMarkazUz