Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga! Ma’lumki, 2024- | Bilimni baholash agentligi
Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga!
Ma’lumki, 2024-yil 1-fevral kuniBilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi. Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etib, seminar yakunida test sinovi topshirgan nomzodlarning test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Nomzodlar test sinovi natijalarini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Tanlovning suhbat bosqichi barcha hududlarda 2024-yil 22-apreldan 26-aprelga qadar(shu kunlari ham) o‘tkaziladi.
Havola: https://my.uzbmb.uz/service/62
Izoh:tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.
Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi. 📞 1195. 📧 info@uzbmb.uz. 🌐 www.uzbmb.uz. 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda:. • facebook.com/dtmuzb. •...