Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 90.91K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2024-03-07 13:49:53
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Bilimni baholash agentligi barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilab qoladi.

Barchangiz hamisha rahmdil va donosiz, mehringiz cheksiz, tashqi va ichki go‘zalligingiz esa g‘oyatda beqiyos!

Sizlarga izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.

Hozir cheksiz imkoniyatlar davri, shuning uchun ham, aziz qizlarimiz, mavjud imkoniyatlardan foydalanib, hur fikrlaydigan, yetuk mutaxassis bo‘ling, o‘z oldingizga to‘g‘ri maqsadlarni belgilab, ular sari dadil qadam tashlang!

Bayramingiz bilan, aziz ayollar!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
34.7K views10:49
Ochish/sharhlash
2024-03-05 16:16:53
Uddaburon” talabgorlar imtihondan chetlatildi

2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonida 25 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Mazkur raqam boshqa imtihonlardagi qoidabuzarliklar sonidan anchagina ko‘p bo‘lib, ularning barchasi telefon va aloqa vositalari bilan bog‘liq. Jumladan:

12 nafar talabgor imtihon o‘tkaziladigan binoga telefon yoki aloqa vositalarini olib kirishga uringani uchun;

13 nafar talabgor imtihon vaqtida telefon yoki aloqa vositalaridan foydalangani uchun chetlatilgan.

Shuningdek, telegram kanallarda rasmi tarqatilayotgan biologiya fanidan savollar aks etgan 8311323 raqamli test topshiriqlari kitobi Surxondaryo viloyatida imtihon ishtirok etgan talabgorga tegishli bo‘lib, mazkur talabgor ham imtihonda taqiqlangan vositalardan foydalangani aniqlanib, jarayondan chetlatilgan.

Bunda talabgor imtihonga aloqa qurilmasi bilan birga kiyimga maxsus joylashtirilgan mini kamera bilan kirgan bo‘lib, test topshiriqlari kitobi ushbu mini kamera bilan rasmga tushirilgan.

Hurmatli talabgorlar! Turli qing‘ir yo‘llar bilan sertifikatga ega bo‘lishni emas, balki imtihonlarga puxta tayyorlangan holda o‘z bilimingiz bilan sertifikat olishni maqsad qiling.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
36.3K views13:16
Ochish/sharhlash
2024-03-04 14:34:05 Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 6-mart kuni o‘tkaziladi

2024-yil 6-mart kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 7 ta hududida tashkil etiladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-03-04

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

@NostrifikatsiyaBBA
20.5K views11:34
Ochish/sharhlash
2024-03-04 09:24:05
Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

2024-yil 3-mart kuni barcha hududlarda biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 7,2 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 25 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.3K views06:24
Ochish/sharhlash
2024-03-04 09:06:05
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 3-mart kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 5,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 7 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.7K views06:06
Ochish/sharhlash
2024-03-02 10:32:37
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 17-18-fevral kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 19-fevraldan 1-martga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

Unda 14 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 12 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: imtihon natijalari 11-mart kuni e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
29.1K views07:32
Ochish/sharhlash
2024-03-02 09:33:29
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

2024-yil 29-fevral va 1-mart kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovi talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 9 ta hududida tashkil etildi.

Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.1K views06:33
Ochish/sharhlash
2024-03-02 09:26:21
“Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va jinoyatlarning yoshlar kelajagiga taʼsir qiluvchi salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi

2024-yil 1-mart kuni Bilimni baholash agentligida “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va jinoyatlarning yoshlar kelajagiga taʼsir qiluvchi salbiy oqibatlari” mavzusida seminar va ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirni ochib bergan Bilimni baholash agentligi direktori o‘rinbosari Farxod Mirzayev agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy taʼlim markazi boshlig‘i Xudoyberdi Tursunmetov ta’lim tizimida kuzatilayotgan korrupsiya holatlari va ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda mamlakatimizda keyingi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, shu jumladan korrupsiyani oldini olishga qaratilgan preventiv choralar, sohaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, mazkur yo‘nalishda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini mamlakatimizda ham joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.7K views06:26
Ochish/sharhlash
2024-02-29 19:59:13 Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 3-mart (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 13:30 dan boshlab (test sinovi 15:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
26.4K views16:59
Ochish/sharhlash
2024-02-29 12:44:38 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

test sinovining yozma qismi — 3-mart kuni;

gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
31.0K views09:44
Ochish/sharhlash