Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Abituriyent
Ovozli
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Abituriyent
Ovozli
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.62K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 42

2023-03-17 12:56:57 Live stream started
09:56
Ochish/sharhlash
2023-03-16 15:09:31 #Sayyor_qabul
Jizzax viloyatida sayyor qabul

Bilimni baholash agentligi faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i Mirzayev Farxod Isamovich tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabul Jizzax politexnika instituti akademik litseyi (Jizzax shahri I.Karimov ko‘chasi 4-“A”-uy) da 17-mart kuni 12:00 bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4.2K views12:09
Ochish/sharhlash
2023-03-15 15:02:51
#Ovozli_chat
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat

2023-yil 17-mart (juma) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari mavzusida bo‘lib o‘tadi va mavzu doirasida muhim ma’lumotlar beriladi.

Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga shaxsan javob beradi.

Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.9K views12:02
Ochish/sharhlash
2023-03-15 08:10:24 #Konstitutsiya
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining matni e’lon qilindi.

Shuningdek, Qonun loyihasi “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining bugungi sonida ham e’lon qilingan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.2K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-03-14 15:37:08 #Sayyor_qabul
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida sayyor qabul

Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabullar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15-mart kuni 11:00 da – Nukus shahrida joylashgan Prezident xalq qabulxonasida;

Xorazm viloyatida 16-mart kuni 11:00 da – Urganch shahrida joylashgan Prezident xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
10.5K views12:37
Ochish/sharhlash
2023-03-13 16:37:20 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tahlili

Ma’lumki, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur test sinovlari Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etgan ayrim talabgorlar tomonidan test topshiriqlari qiyin, ular uchun ajratilgan vaqt esa kam degan mazmunda murojaatlar bo‘lmoqda.

Mazkur murojaatlar qanchalik o‘rinli? Haqiqatan ham test topshiriqlari qiyinmi? Ushbu savollarga javob topish uchun test natijalarining statistik tahlillariga e’tibor qaratish lozim.

Yuqoridagi pdf faylda 2022-yil 4-dekabr kuni o‘tkazilgan matematika fanidan milliy sertifikat imtihonining statistik tahlili sodda tilda keltirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.4K views13:37
Ochish/sharhlash
2023-03-13 12:35:36 Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

Unga ko‘ra 2023-yil 23-yanvardan 23-fevralga qadar my.dtm.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.

Mazkur muddat davomida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning shaxsiy kabinetiga keyingi bosqichga o‘tgan yoki o‘tmagani to‘g‘risida ma’lumot joylashtirilgan.

Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun 23-mart kunidan barcha hududlarda oflayn tarzda malaka oshirish kurslari boshlanadi.

Shu sababli nomzodlar 20-martga qadar shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan telegram kanalga a’zo bo‘lishlar lozim. Unda nomzodlar uchun malaka oshirish kursiga oid ma’lumotlar berib boriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.6K views09:35
Ochish/sharhlash
2023-03-11 16:32:32 Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2023-yil 19-fevral kuni o‘tkazilgan matematika va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
12.6K views13:32
Ochish/sharhlash
2023-03-08 05:54:46
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Bilimni baholash agentligi barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilab qoladi.

Barchangiz hamisha rahmdil va donosiz, mehringiz cheksiz, tashqi va ichki go‘zalligingiz esa g‘oyatda beqiyos!

Sizlarga izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.

Hozir cheksiz imkoniyatlar davri, shuning uchun ham, aziz qizlarimiz, mavjud imkoniyatlardan foydalanib, hur fikrlaydigan, yetuk mutaxassis bo‘ling, o‘z oldingizga to‘g‘ri maqsadlarni belgilab, ular sari dadil qadam tashlang!

Bayramingiz bilan, aziz ayollar!

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
10.1K views02:54
Ochish/sharhlash
2023-03-07 18:56:50 Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2023-yil 17-fevral kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.2K views15:56
Ochish/sharhlash