Get Mystery Box with random crypto!

iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda iTEP (I | Bilimni baholash agentligi

iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP
(International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

tinglab tushunish;
o‘qish;
grammatika;
yozish;
gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 10-may kuniga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

Imtihonlar 11-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m.

iTEP uchun mock test https://www.iteptest.com/preview

Ma'lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo'lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari munkin bo'ladi.

@bba_ilmiy_markaz

(95) 515-68-68

@IlmiyMarkazUz