Get Mystery Box with random crypto!

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv | Bilimni baholash agentligi

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

Bunda nomzodlarning:
tinglab tushunish
o‘qish
gapirish
so‘z boyligi va grammatika
yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

Test sinovi 11-mayda tashkil etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 10-may ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.

Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m.

Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati).

Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

@bba_ilmiy_markaz

(95) 515-68-68

@IlmiyMarkazUz