Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 90.91K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-03-20 08:50:45 Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

Unga ko‘ra 2024-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.

Mazkur muddat davomida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning shaxsiy kabinetiga keyingi bosqichga o‘tgan yoki o‘tmagani to‘g‘risida ma’lumot joylashtirildi.

Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun 25-mart kunidan barcha hududlarda oflayn tarzda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlanadi.

Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnoma nomzodlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

Ruxsatnomada nomzodlar qachon, qayerda seminarda ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.

Seminarlarda ishtirok etgan nomzodlar yakuniy nazorat sinovidan o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishganlar keyingi bosqich (suhbat)ga tavsiya etiladi.

Izoh: o‘quv-seminar mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.4K views05:50
Ochish/sharhlash
2024-03-19 16:21:00 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 3-martdan 12-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (20-22-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
32.2K views13:21
Ochish/sharhlash
2024-03-18 08:46:52
O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

2024-yil 17-mart kuni barcha hududlarda o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 17 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 14 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
23.7K views05:46
Ochish/sharhlash
2024-03-16 12:27:25
Agentlikda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

Bugun respublikamizning barcha hududlarida Navro‘z umumxalq bayrami arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Hashar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabat bilan Bilimni baholash agentligida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda xayriya hashari tashkil etildi.

Unda Agentlik xodimlari faol ishtirok etib, binolar va ularning atrofini tozalash, daraxtlarni butash va oqlash hamda ish joylarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.0K views09:27
Ochish/sharhlash
2024-03-14 16:11:19
Test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi

2024-yil 6-14-mart kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan 15 ta umumta’lim fani bo‘yicha test topshiriqlari aprobatsiyasi o‘tkazildi.

Test topshiriqlari aprobatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda 2024-2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi.

Aprobatsiyada o‘quv markazlari o‘quvchilari hamda akademik litsey, ixtisoslashtirilgan maktablar va umumta’lim maktablarining 8 ming nafardan ziyod bitiruvchisi ishtirok etdi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
23.7K views13:11
Ochish/sharhlash
2024-03-14 14:56:47 iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

tinglab tushunish;
o‘qish;
grammatika;
yozish;
gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish (to‘lov qilish — 1 300 000 so‘m) 18-mart kuniga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

Imtihonlar 19-mart kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

Mazkur sertifikatga ega talabgorlar PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@bba_ilmiy_markaz
(95) 515-68-68

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.8K views11:56
Ochish/sharhlash
2024-03-13 15:32:13 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 17-mart (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:

-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
22.9K views12:32
Ochish/sharhlash
2024-03-13 12:44:10 Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

Attanal Alarabiarab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda nomzodlarning:

tinglab tushunish;
o‘qish;
gapirish;
so‘z boyligi va grammatika;
yozish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

Mazkur imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgor my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, imtihonda ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish va to‘lovni amalga oshirish (990 000 so‘m) 18-mart kuniga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/56

Test sinovi 19-mart kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@bba_ilmiy_markaz
(95) 515-68-68

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.3K views09:44
Ochish/sharhlash
2024-03-13 07:37:04 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 3-mart kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 4-7- va 11-12-mart kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

Unda 5,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 4 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: imtihon natijalari 19-mart kuni e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25.0K views04:37
Ochish/sharhlash
2024-03-11 16:59:02 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 17-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (12-14-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.9K views13:59
Ochish/sharhlash