Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Abituriyent
Ovozli
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Abituriyent
Ovozli
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.62K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-05-20 10:50:46
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 18-19-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 32,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 49 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
35.9K views07:50
Ochish/sharhlash
2024-05-19 08:58:00
#Sayyor_qabul

Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul

Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabul 20-may kuni soat 12:00 da – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti asosiy binosida bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
27.2K views05:58
Ochish/sharhlash
2024-05-18 09:28:40
#Video_chat   #Milliy_sertifikat   #Rash

Milliy sertifikat imtihonlarining natijalarini hisoblashda Rash modeli bo‘yicha 2024-yil 16-may kuni o‘tkazilgan videochat (2-qism)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
10.5K views06:28
Ochish/sharhlash
2024-05-18 09:28:12
#Video_chat   #Milliy_sertifikat   #Rash

Milliy sertifikat imtihonlarining natijalarini hisoblashda Rash modeli bo‘yicha 2024-yil 16-may kuni o‘tkazilgan videochat (1-qism)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
10.2K views06:28
Ochish/sharhlash
2024-05-16 09:50:12
Diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish to‘xtatiladi

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqdalar.

Bilimni baholash agentligi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda diagnostik test xizmati to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

Bunda diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish (https://my.uzbmb.uz/service/10 sayti orqali) 19-may kuni to‘xtatiladi.
Qabul qilingan buyurtmalar 24-maygacha yetkaziladi. Buyurtmalar bo‘yicha talabgorlarning javoblar varaqalari 31-maygacha qabul qilinadi va 4-iyungacha natijasi ma’lum qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
31.8K views06:50
Ochish/sharhlash
2024-05-15 20:12:00 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (16-18-may) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
32.2K views17:12
Ochish/sharhlash
2024-05-15 14:51:04
#xalqaro_hamkorlik

Bilimni baholash agentligiga 13-14-may kunlari “Oxford University Press” tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi.



Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
29.1K views11:51
Ochish/sharhlash
2024-05-15 11:01:34 #Ovozli_chat

Milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha ovozli chat

2024-yil 16-may (payshanba) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat Milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etadi va savollarga shaxsan javob beradi.

Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
65.3K views08:01
Ochish/sharhlash
2024-05-14 17:10:35
Xorijiy aloqalar kengaytirilmoqda

Ma'lumki, joriy yil fevral oyida Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi Angliya, Fransiya davlatlariga amaliy tashrifi davomida “Oxford University Press” tashkilotida ham bo‘lib, o‘zaro hamkorlik qilishga kelishilgan edi. Ushbu hamkorlikni davom ettirish maqsadida 13-14-may kunlari “Oxford University Press” tashkiloti delegatsiyasi Bilimni baholash agentligiga tashrif buyurdi.

Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya vakillari Agentlikning Namangan viloyatida qurib foydalanishga topshirilgan test sinovlari o‘tkaziladigan binosida bo‘lib, u yerda talabgorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Tashrifning ikkinchi kunida ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, “Oxford test of English” testini Agentlik bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlarida tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Bilimni baholash agentligi hamda “Oxford University Press” tashkiloti o‘rtasida baholash sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan Memorandum imzolandi.


Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
31.7K views14:10
Ochish/sharhlash
2024-05-14 10:57:39
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish davom etmoqda

iTEP
(International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

tinglab tushunish;
o‘qish;
grammatika;
yozish;
gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 17-may kuniga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

Imtihonlar 18-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m

iTEP uchun mock test https://www.iteptest.com/preview

iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.

@bba_ilmiy_markaz

(95) 515-68-68

@IlmiyMarkazUz
24.0K views07:57
Ochish/sharhlash