Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 90.91K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-04-09 20:44:44
O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.5K views17:44
Ochish/sharhlash
2024-04-09 14:05:35
2024-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21.9K views11:05
Ochish/sharhlash
2024-04-08 08:07:02
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

2024-yil 7-aprel kuni fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 6,8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 9 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.9K views05:07
Ochish/sharhlash
2024-04-03 18:35:29 Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.5K views15:35
Ochish/sharhlash
2024-04-03 15:35:39
2024-yil 30-31-mart kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.8K views12:35
Ochish/sharhlash
2024-04-03 15:22:13 2024-yil 3-aprel kuni 18:00 dan 19:00 ga qadar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida profilaktika ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Shu sababli 3-aprel (bugun) kuni soat 18:00 dan 19:00 ga qadar my.uzbmb.uz saytida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.2K views12:22
Ochish/sharhlash
2024-04-02 18:12:21 Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 - 69,9 ball — A daraja;
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
55 - 59,9 ball — B daraja;
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili ertaga Agentlikning rasmiy veb saytiga joylashtiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
34.6K views15:12
Ochish/sharhlash
2024-04-01 08:28:49
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 30-31-mart kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 33 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 1-6-, 8-9-, 13-, 15-18-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21.9K views05:28
Ochish/sharhlash
2024-03-30 16:46:38
Bilimni baholash agentligining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi yuqori baholandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yildagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari qay darajada samarali amalga oshirilganligiga doir reyting koʻrsatkichlari eʼlon qilindi.

Unda Bilimni baholash agentligi 81 ball bilan faoliyat samaradorligi yuqori sifatida e’tirof etilgan tashkilotlar qatorida qayd etilgan.

Maʼlumot uchun, 2023-yil boʻyicha oʻtkazilgan mazkur reyting baholashda 95 ta davlat tashkilotining:

42 tasi “yaxshi” – (81-100 ball);
38 tasi “qoniqarli” – (55-80 ball);
15 ta si “qoniqarsiz” – (55 balldan past) sifatida belgilangan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.3K views13:46
Ochish/sharhlash
2024-03-30 08:02:30
Sirdaryoda sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun, 29-mart kuni Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Shakarov Zoxid Xolboyevich Sirdaryo viloyatida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasida aholi vakillari, yoshlar va maktab bitiruvchilari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul, soat 15-00 dan 16-30 gacha bo‘lib, unda Agentlik faoliyati va test sinovlari bilan bo‘g‘liq fuqarolar tomonidan o‘tgan yillarda yo‘llangan murojaatlar soni va mazmuni, murojaatlarning nechtasi ijobiy hal qilinganligi, nechtasiga tushuntirish berilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishib, u yerga kelgan bir nechta fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi.

Z.Shakarov tomonidan fuqarolarning murojaatlariga mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida, batafsil javob qaytarildi hamda murojaatchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar o‘rganib chiqilishi aytildi.

@bbasirdaryo
16.8K views05:02
Ochish/sharhlash