Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi Bilimni baholash | Bilimni baholash agentligi

Xalqaro hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bilimni baholash agentligi va AQShning “Educational Testing Service” tashkiloti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ikki tomonlama Memorandum imzolangan.

Joriy yilning 15-21-aprel kunlari “Educational Testing Service” tashkilotining delegatsiyasi Toshkentda amaliy tashrif bilan bo‘lishadi.

Tashrifning asosiy maqsadi 18-aprelda ingliz tili o‘qituvchilari uchun TOEFL testlari bo‘yicha konferensiya va qisqa seminarlar tashkil etishdan iborat.

17-aprel kuni Bilimni baholash agentligi vakillari bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Agentlik faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi.

Shuningdek, hamkorlikda TOEFL IBT sertifikatlarining haqiqiyligini tekshirish va qoida buzish holatlarining oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi.

Agentlik va hududiy bo‘limlarda TOEFL IBT va GRE imtihonlarini tashkil etish jarayonini jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube