Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 90.91K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-02-28 15:14:55
Turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinadi

2024-yil 27-fevral kuni Bilimni baholash agentligida Turkiyaning Istanbul Okan universiteti (İstanbul Okan Üniversitesi) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv mobaynida baholash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, seminar-treninglar tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni asosida beriladigan turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinishiga kelishildi.

Ma’lumot uchun: Bilimni baholash agentligi tomonidan beriladigan ingliz tilidan milliy sertifikat 2023-yildan Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olingan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
41.0K views12:14
Ochish/sharhlash
2024-02-24 19:03:32
2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
61.4K views16:03
Ochish/sharhlash
2024-02-23 17:03:25 Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 29-fevral va 1-mart kunlari o‘tkaziladi

2024-yil 29-fevral va 1-mart kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 9 ta hududida tashkil etiladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-02-23

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

@NostrifikatsiyaBBA
21.7K views14:03
Ochish/sharhlash
2024-02-23 16:14:20
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish Agentlikning my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

Imtihonlar 29-fevral kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar shu kunning o‘zida e’lon qilinadi.

iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

Mazkur sertifikatga ega talabgorlar PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@bba_ilmiy_markaz
(95) 515-68-68

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
28.6K views13:14
Ochish/sharhlash
2024-02-22 12:30:00
Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazishmoqda va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqda.

Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/service/10

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
32.4K views09:30
Ochish/sharhlash
2024-02-20 11:32:01 Milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshirilmoqda.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 25-fevral kuniga qadar, to‘lovni amalga oshirish esa 26-fevral kuniga qadar (shu kunlari ham) davom etadi.

Test sinovi 2-3-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: imtihon natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
76.3K views08:32
Ochish/sharhlash
2024-02-19 11:38:13
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 17-18-fevral kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 14,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 20 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 19-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
56.0K views08:38
Ochish/sharhlash
2024-02-17 09:15:17
2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra mart oyida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 2 marotaba tashkil etiladi.

Shuningdek, fevral va aprel oylarida nemis tilidan, mart va may oylarida arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
38.5K views06:15
Ochish/sharhlash
2024-02-16 15:36:11
"Diyor Yangiliklari"
Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovi
Yangiyer shahri
LAVHA (15.02.2024)

@bbasirdaryo
40.3K views12:36
Ochish/sharhlash
2024-02-16 15:36:06
Diyor yangiliklari

Oliy o'quv yurtiga imtiyoz beruvchi tavsiyanoma uchun test sinovlari o'tkazildi

@JizzaxMTRK
35.7K views12:36
Ochish/sharhlash