Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 90.91K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-02-16 13:15:31
Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси Қорақалпоғистон Республикаси бўйича бошқармасида муддатли ҳарбий хизматини ўтаётган ҳарбий хизматчиларнинг Олий таълим муассасаларига ўқишга киришлари учун имтиёзли тавсияномаларни олиш мақсадида тест синовлари ўтказилди.
----------------------------------------------
Ѳзбекстан Республикасы Миллий гвардиясы Қарақалпақстан Республикасы бойынша басқармасында хызмет етип атырған мүддетли әскерий хызметкерлердиң Жоқары оқыў орынларына оқыўға кириўи ушын жеңиллетилген квоталарды алыў мақсетинде тест сынаўлары ѳткерилди.

====================
@qrmilliygvardiya_official

web-site | Telegram | facebook | instagram | twitter‌‌
31.7K views10:15
Ochish/sharhlash
2024-02-16 13:03:10


Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

2024-yil 13-fevral kuni Xorazm viloyatida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.





@BBAXorazm
30.3K views10:03
Ochish/sharhlash
2024-02-16 13:03:03
"DIYOR YANGILIKLARI"  | MUDDATLI HARBIY XIZMATCHILAR UCHUN TEST SINOVLARI O‘TKAZILDI


#14-fevral#Samarqand

https://t.me/SamTvr
26.0K views10:03
Ochish/sharhlash
2024-02-14 17:46:55 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

test sinovining yozma qismi — 17-18-fevral kunlari;

gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 19-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
67.0K views14:46
Ochish/sharhlash
2024-02-14 15:51:12 Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2024-yil 28-yanvar kuni kimyo va geografiya fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
54.2K views12:51
Ochish/sharhlash
2024-02-14 12:55:03 Diagnostik test natijalarini onlayn bilish imkoniyati yaratildi

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yilgan.

Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazishmoqda va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqda.

Mazkur xizmatni takomillashtirish va talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida diagnostik test sinovi natijalarini onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi.

Endilikda talaborlar my.uzbmb.uz saytiga test topshiriqlari kitobi raqamini kiritib, o‘zi to‘g‘ri deb bilgan javoblarni belgilagan holda diagnostik test sinovi natijasini bilishlari mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/service/96

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
41.4K views09:55
Ochish/sharhlash
2024-02-10 12:51:01
Xalqaro hamkorlik: Educational Testing Service Global

Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi 2024-yil 9-fevral kuni Fransiyada joylashgan Educational Testing Service Global tashkilotiga tashrif buyurdi.

O‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va tajriba almashish maqsadida amalga oshirilgan tashrif davomida TOEFL testlarini shakllantirish va test sinovlarini o‘tkazishda xavfsizlik mezonlari muhokama qilindi.

Shuningdek, test topshiriqlarini shakllantirish, baholash va imtihonlarni tashkil etishda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

Kun yakunida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda TOEFL iBT va GRE testlarini Bilimni baholash agentligi tomonidan O‘zbekistonda tashkil etish borasida Memorandum imzolandi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.5K views09:51
Ochish/sharhlash
2024-02-08 19:11:09 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 21-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (9-11-fevral) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
14.0K views16:11
Ochish/sharhlash
2024-02-08 07:52:48
Xalqaro hamkorlik: Oxford University Press

Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi 6-fevral kuni Cambridge Assessment tashkilotiga tashrifini yakunlab, 7-fevral kuni “Oxford University Press” tashkilotiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Oxford University Press” tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan test sinovlari, test topshiriqlarining validligi va ishonchliligi borasida amalga oshirilgan ishlar hamda xavfsizlik masalalari o‘rganildi.

Shuningdek, Bilimni baholash agentligi va “Oxford University Press” tashkiloti tomonidan baholash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda kompyuter adaptiv testlarini shakllantirish borasida Memorandum va shartnoma imzolashga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: “Oxford University Press” tashkilotining Oksford ingliz tili testi to‘rtta ko‘nikmani baholashga qaratilgan kompyuter adaptiv test hisoblanib, dunyo bo‘yicha 600 dan ortiq ta’lim tashkilotida tan olinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.4K views04:52
Ochish/sharhlash
2024-02-06 10:57:10
#Xalqaro_hamkorlik

Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlik kengaytirilmoqda


Hozirda Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Buyuk Britaniyada joylashgan Cambridge Assessment tashkilotida bo‘lib turibdi.

Uchrashuvning dastlabki kunida har ikki tomon taqdimot qilib, o‘z faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.

So‘ngra baholash sohasiga sun’iy intellektni joriy etish, test sinovlarini onlayn shaklda o‘tkazish, test topshiriqlarini shakllantirish, ekspertlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi hamda Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan ingliz tilini bilish darajasini baholash imtihonlarini Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Kun yakunida Bilimni baholash agentligi va Cambridge Assessment tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
27.2K views07:57
Ochish/sharhlash