Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 90.91K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-03-30 07:38:09 iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

tinglab tushunish;
o‘qish;
grammatika;
yozish;
gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 15-aprel kuniga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

Imtihonlar 16-aprel kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

Mazkur sertifikatga ega talabgorlar PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@bba_ilmiy_markaz
(95) 515-68-68

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.6K views04:38
Ochish/sharhlash
2024-03-28 15:44:09 #Sayyor_qabul

Sirdaryo viloyatida sayyor qabul

Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Agentlik direktori maslahatchisi Zohid Shakarov tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabul 29-mart kuni soat 15:00 da – Sirdaryo viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi (Guliston shahri Xalqlar do‘stligi ko‘chasi 31-uy) da bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
22.4K views12:44
Ochish/sharhlash
2024-03-27 19:19:30 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

test sinovining yozma qismi — 30-31-mart kunlari;

gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 1-apreldan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-03-27

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
30.4K views16:19
Ochish/sharhlash
2024-03-27 08:31:48 Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

Attanal Alarabiarab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda nomzodlarning:

tinglab tushunish;
o‘qish;
gapirish;
so‘z boyligi va grammatika;
yozish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

Mazkur imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgor my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, imtihonda ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish va to‘lovni amalga oshirish (990 000 so‘m) 15-aprel kuniga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/56

Test sinovi 16-aprel kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@bba_ilmiy_markaz
(95) 515-68-68

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.2K views05:31
Ochish/sharhlash
2024-03-26 16:04:08 Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 28-mart kuni o‘tkaziladi

2024-yil 28-mart kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etiladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-03-26

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

@NostrifikatsiyaBBA
22.2K views13:04
Ochish/sharhlash
2024-03-26 13:56:44
#OnlineSeminar #Live

Turkiyadagi universitetlar bo‘yicha onlayn seminar boshlandi

Onlayn seminarda Turkiyaning Istinye universiteti, Istanbul Okan universiteti va Kipr fanlar universitetida o‘qish, ulardagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari haqida ma’lumot beriladi.

Seminar davomida ishtirokchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

Savollarga Turkiyaning Istinye universiteti, Istanbul Okan universiteti va Kipr fanlar universiteti mutaxassislari tomonidan to‘liq javob beriladi.

26-mart soat 16:00 da — Zoom platformasida.

Onlayn seminarda qatnashish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/89752244360

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
22.7K views10:56
Ochish/sharhlash
2024-03-22 06:49:35
Turkiyadagi universitetlar bo‘yicha onlayn seminar

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan taqdim etiladigan ingliz tili sertifikati Turkiyaning bir qator universitetlari tomonidan tan olingan.

Bunda mazkur universitetlarga o‘qishga kirish istagini bildirgan ingliz tilidan B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.

2024-yil 26-mart (seshanba) kuni soat 16:00 da Bilimni bahaolash agentligi tomonidan Turkiyaning Istinye universiteti, Istanbul Okan universiteti va Kipr fanlar universiteti bilan hamkorlikda onlayn seminar tashkil etilmoqda.

Unda ushbu universitetlarda o‘qish, ulardagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari haqida ma’lumot beriladi hamda talabgorlarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi.

Seminar Zoom platformasida o‘tkaziladi va ingliz tilida bo‘lib o‘tadi.

Seminarda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: https://www.nichegrp.com/event-details-registration/online-seminar

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.1K views03:49
Ochish/sharhlash
2024-03-21 11:28:37
Eʼlon!

my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda

21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

Sizga bayram kunlarini maroqli oʻtkazishni tilaymiz! Bu vaqt ichida biz elektron davlat xizmatlarining ishlashini yanada yaxshilashga intilamiz!

Qoʻshimcha savollar boʻlsa, 1242 raqamiga murojaat qiling.

my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
18.7K views08:28
Ochish/sharhlash
2024-03-21 07:26:11 Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Assalomu alaykum muhtaram vatandoshlar!

O‘lkamizga kirib kelayotgan bahoriy tengkunlik va yangilanish bayramiNavro‘zi olam munosabati bilan Sizlarni Bilimni baholash agentligi jamoasi nomidan qizg‘in muborakbod etamiz!

Tobora go‘zallashib, farovonlashib borayotgan barqaror, tinch va osuda Vatanimiz rizq-u barakasidan, baxtli xalqimizning mehr-oqibatlaridan doimo bahramand bo‘lish, dasturxon to‘kinligi baxti nasib etsin!

Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
14.2K viewsedited  04:26
Ochish/sharhlash
2024-03-20 16:13:29
#RasmiyMunosabat

O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha bildirilgan fikrlarga rasmiy munosabat


https://uzbmb.uz/post/view/o-zbek-tili-va-adabiyot-rasmiy-munosabat

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
33.3K views13:13
Ochish/sharhlash