Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekistan Airways 15-aprel kungi HY301/302 Toshkent - Tel-Avi | Xushnudbek.uz

Uzbekistan Airways 15-aprel kungi HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qildi.

Bu Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilgani va O'zbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta'minlash boʻyicha qarori bilan bogʻliq.

Yo‘lovchilar 2024-yil 15-aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.


@xushnudbek