Get Mystery Box with random crypto!

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hokim o‘rinbosari plyonka | Xushnudbek.uz

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hokim o‘rinbosari plyonka mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xususiy korxonani mahalliy dehqonlarga plyonka yetkazib beruvchi ta’minotchi sifatida tayinlash evaziga 5 ming dollar talab qilgan. So‘ralgan puldan 15 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Tekshiruv davomida hokim o‘rinbosari avval 10 mln so‘m olganligi ma’lum bo‘ldi. U muqaddam ham sudlangan.

Andijon shahrida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari o‘zining mansabdor tanishlari orqali mahalliy fuqaro nomiga mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etib, “Eski shahar – Oltinko‘l” yo‘nalishida yo‘lovchi tashish uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan tenderda g‘oliblikni qo‘lga kiritib berish evaziga 7500 dollar talab qiladi. U so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Tekshiruvlarda Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. lavozimidagi shaxsning ham ushbu ishga aloqadorligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan. U ham muqaddam sudlangan.

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori Byuroning markaziy apparati ish yurituvidagi parrandachilik korxonasi hisobidan aksiyadorlik tijorat banki foydasiga jami 11 mln 108 ming 629 dollar va 265 ming 187 yevro qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro ishida, korxonaga tegishli ko‘chmas mulklarni baholash ishlari uchun xizmat haqini baholash firmasi foydasiga oshirilgan narxda ko‘rsatgan. Bank tomonidan baholash firmasi hisobiga o‘tkazilgan ortiqcha pul mablag‘idan 2500 dollar olgan vaqtida ushlandi.

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani hokimligi qoshidagi “Xo‘jalik hisobidagi uy-joylarni ro‘yxatga olish, almashtirish va taqsimlash” bo‘limi boshlig‘i tanishlari orqali mahalliy fuqaroning xonadoni uchun order va kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2500 dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


@xushnudbek