Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketgan 10-apre | Xushnudbek.uz

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketgan

10-aprel kuni Bo‘rijar kanalining Toshkent shahri Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida uch kishi, shu qatorda, 5 yoshli bola va uning onasi cho‘kib ketdi, deya xabar bermoqda Renessans TV.

Guvohlarga ko‘ra, 5 yoshli bola qirg‘oqda o‘ynab, tasodifan suvga tushib ketgan. Uni ko‘rgan onasi bolani qutqarish uchun suvga sakragan, biroq kuchli oqim tufayli u ham cho‘kib ketgan. Boshqa bir kishi ularga yordam berishga harakat qilgan, ammo uni ham suv oqimi olib ketgan.

Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Zuhriddin Qurbonovning ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar bola va ayolning jasadini topgan, erkakni qidirish ishlari esa davom etmoqda.


@xushnudbek