Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 509.56K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-07 18:55:24
Bugun Yuriy Dud kanalida Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan intervyu e’lon qilindi.

Intervyuni ko‘rgan Muhrim bir qiziq joyiga e’tibor qaratmoqda.

2022-yili Moldovada gaz inqirozi bo‘lgan ekan. Sandu aytyaptiki, Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi “Moldovagaz” bizdan 700 (yetti yuz) mln dollar qarz, shu qarzni Moldova hukumati o‘z zimmasiga olib, to‘lamasa, biz boshqa gaz bermaymiz, deb shart qo‘ygan. Sanduning ma’muriyati xalqaro auditorlarni jalb qilib, “Gazprom” keltirgan hisob bo‘yicha qarzdorlikni hisoblab chiqsa, qarz “Gazprom” aytganidek 700 mln emas, atigi 8 (sakkiz) mln dollar bo‘lib chiqqan. Hozir Moldova gazni Yevropa bozoridan sotib olayotgan ekan.

"Sanduning intervyusidagi bu parcha nimasi bilan e’tiborga molik? Shunisi bilanki, birinchidan, bu ssenariy 2019-yili “Lukoyl”ga 600 mln dollar qarz bo‘lib qolganimizga o‘xsharkan, ikkinchidan, Rossiya kompaniyasi xalqaro auditorlarni jalb etmasligimizni bilib, bizni chuv tushirgan bo‘lsa kerak. Tag‘inam kim bilsin", — deb yozyapti Muhrim.


@xushnudbek
76.0K views15:55
Ochish/sharhlash
2024-05-07 18:06:16 Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.


@xushnudbek
97.6K views15:06
Ochish/sharhlash
2024-05-07 16:07:43
DXX tomonidan turli mansabdor shaxslar pora bilan ushlandi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari 2000 dollar olgan vaqtida ushlangan.

U pora olish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bog‘cha rahbariga nisbatan tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanmasligiga yordam berishi evaziga 3 ming dollar talab qilgan va 1000 dollarni avvalroq olgan;

Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi agrofirma rahbari tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan fermer xo‘jalikning davlat zaxirasiga olingan 10 gektar yer maydonini ixtiyoriga qaytarib berish hamda bajarilmagan g‘alla ekish rejasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2,5 ming dollar talab qiladi.

Agrofirma rahbari so‘ralgan puldan 1000 dollar va 5 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan. Chortoq tuman hokimi o‘rinbosari esa 100 dollarni olib, qolgan qismini agrofirma rahbariga o‘zida saqlab turishini aytgan vaqtida ushlangan;

Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari o‘z rahbarining og‘zaki topshirig‘iga asosan, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJning transformatorini elektr tarmog‘iga ulab, tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga xizmat xonasida 40 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan. Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i ham protsessual tartibda ushlangan;

Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boshlig‘i tumandagi 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joy uchun kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 25 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.


@xushnudbek
113.5K views13:07
Ochish/sharhlash
2024-05-07 15:03:45
Xon Saroy’da bahoriy chegirmalar!

Qulay rejalashtirishga ega Xon Saroyʼning “Zoʻrsan” loyihasidan xonadon xarid qilib, boshlangʻich toʻlovni amalga oshiring va qolgan qismini oyiga 5,7 mln soʻmdan toʻlab boring.

Loyiha hududida quyidagilar mavjud:

Bog‘cha va maktab;
Xavfsiz bolalar maydonchasi;
Avtoturargohlar;
24/7 kuzatuv kameralari.

Bot orqali bogʻlanish

712007400
555017400

xonsaroy.uz

Reklama
110.4K views12:03
Ochish/sharhlash
2024-05-07 14:01:32
Amudaryo tumanida Qipchoq – Blok post stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasini jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib borilayotgani sabab qo‘shma  ko‘prikda 7-may soat 14:00 dan 9-may soat 14:00 gacha avtotransport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Vaqtincha harakat "Qipchoq ponton ko‘prigi" orqali amalga oshiriladi.


@xushnudbek
119.0K views11:01
Ochish/sharhlash
2024-05-07 10:57:34
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov 6-may kuni Farg‘ona shahrida Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev hamda Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimov bilan uchrashgan.

Muzokara davomida mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm, narkotrafikka qarshi kurashish hamda chegara masalalari muhokama qilingan.

Asosiy mavzu esa qirg‘iz-tojik chegarasidagi nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish bo‘lgan, shekilli.

Chunki rasmiy xabarda aytilishicha, muzokaralar yakunida Qirgʻiziston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi aʼzolariga chegaraning qolgan uchastkalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, tegishli ikki tomonlama shartnomani tayyorlash va imzolash boʻyicha aniq topshiriqlar berilgan.

O‘zbekiston ikki qo‘shnilarimiz o‘rtasida tinchlik o‘rnatishda vositachilik qilayotganga o‘xshaydi. Tinchlik bo‘lsa, mintaqada hammaga yaxshi bo‘lardi.


@xushnudbek
135.0K views07:57
Ochish/sharhlash
2024-05-07 08:06:18 Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 000 000 (yigirma million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.


@xushnudbek
164.8K views05:06
Ochish/sharhlash
2024-05-06 19:45:26 Bilimli abituriyentlar uchun ham zo‘r yangilik!

Endilikda muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

Avvallari ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolar edi. Masalan, qaysidir OTMda bitta yo‘nalishda 90 ball olgan abituriyent grantga o‘qishga kirar, boshqa OTMda esa xuddi shu yo‘nalishda 160 ball olgan abituriyent o‘qishdan yiqilar edi.

Endi davlat grantlari iqtidorlilarga, yuqori ball olganlarga yo‘naltiriladi.


@xushnudbek
322.0K views16:45
Ochish/sharhlash
2024-05-06 19:27:18 Zo‘r xabar: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Ya’ni grantga kirgan talaba yaxshi o’qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o’qisa, keyingi yili grantga o’tishi mumkin.

Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi.

Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.


@xushnudbek
456.5K viewsedited  16:27
Ochish/sharhlash
2024-05-06 18:51:03 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi #abituriyent Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari…
175.3K views15:51
Ochish/sharhlash