Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Yuriy Dud kanalida Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan | Xushnudbek.uz

Bugun Yuriy Dud kanalida Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan intervyu e’lon qilindi.

Intervyuni ko‘rgan Muhrim bir qiziq joyiga e’tibor qaratmoqda.

2022-yili Moldovada gaz inqirozi bo‘lgan ekan. Sandu aytyaptiki, Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi “Moldovagaz” bizdan 700 (yetti yuz) mln dollar qarz, shu qarzni Moldova hukumati o‘z zimmasiga olib, to‘lamasa, biz boshqa gaz bermaymiz, deb shart qo‘ygan. Sanduning ma’muriyati xalqaro auditorlarni jalb qilib, “Gazprom” keltirgan hisob bo‘yicha qarzdorlikni hisoblab chiqsa, qarz “Gazprom” aytganidek 700 mln emas, atigi 8 (sakkiz) mln dollar bo‘lib chiqqan. Hozir Moldova gazni Yevropa bozoridan sotib olayotgan ekan.

"Sanduning intervyusidagi bu parcha nimasi bilan e’tiborga molik? Shunisi bilanki, birinchidan, bu ssenariy 2019-yili “Lukoyl”ga 600 mln dollar qarz bo‘lib qolganimizga o‘xsharkan, ikkinchidan, Rossiya kompaniyasi xalqaro auditorlarni jalb etmasligimizni bilib, bizni chuv tushirgan bo‘lsa kerak. Tag‘inam kim bilsin", — deb yozyapti Muhrim.


@xushnudbek