Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov 6 | Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov 6-may kuni Farg‘ona shahrida Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev hamda Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimov bilan uchrashgan.

Muzokara davomida mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm, narkotrafikka qarshi kurashish hamda chegara masalalari muhokama qilingan.

Asosiy mavzu esa qirg‘iz-tojik chegarasidagi nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish bo‘lgan, shekilli.

Chunki rasmiy xabarda aytilishicha, muzokaralar yakunida Qirgʻiziston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi aʼzolariga chegaraning qolgan uchastkalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, tegishli ikki tomonlama shartnomani tayyorlash va imzolash boʻyicha aniq topshiriqlar berilgan.

O‘zbekiston ikki qo‘shnilarimiz o‘rtasida tinchlik o‘rnatishda vositachilik qilayotganga o‘xshaydi. Tinchlik bo‘lsa, mintaqada hammaga yaxshi bo‘lardi.


@xushnudbek