Get Mystery Box with random crypto!

Xasan shoir she'rlari

Telegram kanalining logotibi xasanshoirsherlari — Xasan shoir she'rlari X
Telegram kanalining logotibi xasanshoirsherlari — Xasan shoir she'rlari
Kanal manzili: @xasanshoirsherlari
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 156

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2022-09-06 15:42:08 Dada
Qalqonimsiz pasponimsiz hamda orim
Topganim ham talpinganim sizsiz borim
Siz borsizki yerga cho'kmas sho'h tulporim
Duvo bering jonim dadam dadajonim
============
Qiynaldilar ro'zg'or deya chekdi zahmat
Qilmadilar topgan nonin elga minnat
Eng avvola onam bilan sizga rahmat
Boshlarimda tojim bo'ling dadajonim
===========
Hajga boring deyin sizni hoji otam
El ichida bo'layin men mashhur hotam
Sen bizlarni yaratgan ey buyuk egam
Mehri daryo qalb bulog'im dadajonim
===========
Ortgin dunyo ko'taraman og'ir yuking
Alamlarni hasratlarni dada to'king
Bir erkalab o'g'lingizni bugun so'king
Hatolarim kechirgansiz dadajonim
=============
Dunyo yig'sam totirmidi sizsiz dada
Bu dunyoning bozoriga borgim kelmas
Sizni menga asra deya bergan hudo
Sizdek ulug' mo'tabar zot aslo bo'lmas
==========
Men ko'chaning bir daydisi devonaman
Tunlar tushda daryolardek to'lg'onaman
Tushda ko'rsam bir quchoqlab uyg'onaman
İnshoolloh hoji bo'ling dadajonim
28 viewsXasan, 12:42
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:55:57 YURAGİM
Sevadi yuragim erkatoy qizni
Orzularim armon bo'lsa netaman
Armonli dunyodir bu dunyo
Sen qolgin men o'zim ketaman
========
Yuragim yig'laydi ho'rsinib
Qarayman ortimga turar jim
Tanimay qolaman o'zimni
Men mardmi nomardmi bilmas kim
=========
Daryodek toshadi yuragim
Savoli ko'p javoblarim yo'q
Seni tashlab ketarman yorim
Ortimdan ot qo'lga olib o'q
=======
Tark etay bevofo dunyoni
Unutay armonli dunyoni
Yig'latdim beozor yurakni
Unutmay yashayman zeboni
=======
Ketarman sahroda yolg'izman
To'zg'itar shomollar sochimni
Telbaman devona mashrabman
Eslolmay yuraman yoshimni
=======
Sochimda oq hamon yolg'izman
Eslaydi o'ksinib yuragim
Qirq yoshga kirdim men dilroba
Bo'lmaydi yor senga keragim
========
Sevadi yuragim erkatoy qizni
Orzularim armon bo'lsa netaman
Armonli dunyodir bu dunyo
Sen qolgin men o'zim ketaman


[Surat 176.jpg]
32 viewsXasan, 09:55
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:55:56 AYRONCHİ QİZ
Uchratdim bir go'zalni sirdaryoning yo'lida
Shirin sharbat bir kosa ayroni bor qo'lida
Ayroni olib ichdim termulib yuzlariga
Teng kelmaydi dunyolar o'zbegim qizlariga
=========
Chakkasida rayhoni bol tomadi so'zidan
Ko'zimni uzolmadim ko'zmunchog'li ko'zidan
Jondan suyganing bormi yo'q bo'lsa bo'lay o'zim
Takror takror so'radim u sanamning o'zidan
==========
Ayronchi qiz nozlanib rayhoni oldi qo'lga
Men oshiqni bo'ldi deb solmaqchi bo'ldi yo'lga
Ketsam qaytib kelaman dunyoning chekasidan
Oshig'ing bo'lsa oy qiz tutaman yoqqasidan
==========
Uchratmadim sendayin dunyoda men malakni
Sevaman deb ayt dildor qiynamagin yurakni
Sochay poyinga gullar yayrasin shodon dillar
Bir kosa ayron ichib o'tibdi necha yillar
==========
Nozlanmagin nozanin nozlaring tegdi jonga
Alishmasman men seni butun jumla johonga
Yorim bo'lgin bir umr gullat sevgi bog'ini
Tun yormida to'lin oy berkitmaydi dog'ini
=========
Yurak ado bo'lmasin qiynamagin dildorim
Yetib borsin ollohga mening nolayu zorim
Bir kosa ayron ichib bag'rimga oldim quchib
Shu so'zlarning hurmati bo'la qolgin sen yorim
23 viewsXasan, 09:55
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:55:56 O'GLAN KETDİ (bu she'rimni marhum ellik ikki yurtdashlarimizning xotrasiga bag'ishladim)
Yurt yo'qotdi ellik ikki farzandini
Ellik ikki jigarbandi dilbandini
Jonim olsa bo'lmasmidi men andini
Bu so'zlarni qilolmayman sizga talqin
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
=========
Ochilmagan biri g'uncha ko'z to'ymagan
O'z yurtining bayramida shoh o'ynagan
Bizni faqat ajal domi ko'p qiynagan
Kunlarim ham tunga o'hshab bo'ldi sokin
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
==========
Kuydi ona chidayolmay bu faryodga
Kelganmidi shuning uchun bu hayotga
Sabr bergi olloh o'zing buyuk zotga
Mangu qolmas bu dunyoda o'tar har kim
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
=========
Ajin tushgan yuzlariga boqqin dunyo
Daryo bo'lib birmoromda oqqin dunyo
Ellik ikki joni olding g'araz dunyo
Ona seni yig'latdilar dunyolar jim
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
========
Qabr kavla diling mag'zun ezilsa ham
O'zbek elim bo'lalik biz shu yerda jam
Ko'zlar bo'ldi o'glanlaring qonidan nam
Biri akam biri ukam o'g'a inim
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
========

Beling bog'la olgin qo'lga tobut ko'tar
Ota sening farzandingni qabr kutar
Ko'p yig'lama otaginam har kim o'tar
O'qib beray senga bordir yozgan hatim
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
========
Qora soching qorlar yog'ib bo'ldim oq
Kelinlaring beva qolib bo'ldimi toq
Bahtli kunlar bir yo'qlagin eshigin qoq
Boshdan tushmas oq ro'moli ko'zda yoshi
Tunlar yuzin silaydigan yo'q sirdoshi
========
Farzandlari suratinga termuladi
Ko'zlar tinib tun qo'ynida yumiladi
Tunda ayol ko'z yoshlarga cho'miladi
Yomg'irlardek ko'z yoshlari bilmas tinim
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
=======
Kerakmidi ellik ikki joni olish
O'zga yurtda sodir bo'ldi kuyib yonish
Tirik bo'lsa qilmas edim sizga honish
Yurt qayg'uda yurak bag'ri bo'ldi tilim
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
=======
Yurt yo'qotdi ellik ikki farzandini
Ellik ikki jigarbandi dilbandin
Jonim olsa bo'lmasmidi men andini
Bu so'zlarni qilolmayman sizga talqin
Ellik ikki o'g'lon ketdi ona halqim
30 viewsXasan, 09:55
Ochish/sharhlash
2022-08-18 21:08:15 ARMONSAN JONİM
Armon bag'rim tirnab ketdilar
Yor visolga qachon yetdilar
Go'zallarga shaydo etdilar
Endi menga armonsan jonim
========
Suratinga termulib zorman
Men tog'larda erigan qorman
O'lganim yo'q dunyoda borman
Endi menga armonsan jonim
========
Qo'y yig'lama tirnama bag'ring
Eslasang yor ko'payar darding
Shuncha arzon edimi qadring
Endi menga armonsan jonim
=========
Hijron qildi yurakni pora
Qolmadiku sevgani chora
Achinaman senga bechora
Endi menga armonsan jonim
========
Termulaman tunlari oyga
Quchoq ochding badavlat boyga
O'hshab qildim men hatom toyga
Endi menga armonsan jonim
========
Gulim dedim bo'lolmading gul
Muhabbatim qildinku bir pul
Tanam yonib so'vib bo'lgan kul
Endi menga armonsan jonim
46 viewsXasan, 18:08
Ochish/sharhlash
2022-08-18 21:08:14 OLİB KET YOMG'İR
Tunda yomg'ir yog'sin maydalab
Ko'z yoshlarim yuvib ket yomg'ir
Bir sirim bor aytayin senga
Dardlarimni olib ket yomg'ir
========
Daydi bo'ldim devona yurak
Sadoqatdan ber menga darak
Nolalarim eshitgin falak
Dardlarimni olib ket yomg'ir
=========
Yorolmayman do'stlarga dilim
Dil tubiga yashirdim sirim
Qilganim yo'q ortingdan irim
Dardlarimni olib ket yomg'ir
========
Ko'z yoshlarim tomdi daryoga
Sig'may qolsam keng bu dunyoga
Nola qilib qodir hudoga
Dardlarimni olib ket yomg'ir
========
Yog'gin tunda derazam chertib
Ko'z yoshlarim qo'ygin sen artib
Hayotimga ber biroz tartib
Dardlarimni olib ket yomg'ir
========
Qoqilaman yerdagi hasga
Yalinaman nomard goh pasga
Aytolmayman sirlarim do'stga
Dardlarimni olib ket yomg'ir
========
Tunda yomg'ir yog'sin maydalab
Ko'z yoshlarim yuvib ket yomg'ir
Bir sirim bor aytayin senga
Dardlarimni olib ket yomg'ir
43 viewsXasan, 18:08
Ochish/sharhlash
2022-08-17 10:57:17 Ne bo'ldi diydamiz toshdayin qotti
O'g'il otaga harsang tosh otti
Qizlar o'zgalarning bag'rida yotti
Ey dunyo iymoni sotib qo'ydikmi
==========
Ko'zlarni yumasan sharmi hayodan
Habari yo'q emish go'zal ibodan
Goh o'tking keladi ko'hna dunyoda
Qizlarning ibosi samoga ketti
==========
Bu dunyo bozori arosat bozor
Do'st do'stga qazadi kengiroq mozor
Ayol ham beradi yoriga ozor
Ayol o'zinimas o'zgani suydi
==========
Qidirib topmaysan mehr kitobin
Ul kitob qaro yer qariga kirgan
So'zlasang mehirdan ahmoq deydilar
Ustingdan dod solib yotlaring kulgan
============
Daryolar oqadi to'lg'anib sokin
Qirg'oqa chiqarar yuzda ko'pikni
O'g'il or qiladi nega deysizmi
Kiymaydi otadan qolgan etikni
============
Kiysa ne qiladi padarkush o'g'il
Tavonin hidi bor etik patida
Bir narsa ko'rdingmi oqpadar o'g'il
Yomog'i bormikan qay bir chetida
==========
Davlatga qilmagin barini qiyos
Duvolar ijobat shuning bariga
Sinovli dunyoda mehmonmiz biroz
Ketamiz bir kuni yerning qariga
=========
Kafanga oralib tobutga solib
Tor qabrni qilgin qo'ldan kelsa keng
İymoni sotmanglar qahri qattiqlar
U dunyo barchamiz bo'lamizda teng
==========
Ey dunyo dard chekib yig'layman nolib
O'rgatding insoni nafsning quliga
Solmading avrab sen yo'ldan chiqqani
Aylandi shaytoning o'tli kuliga
=========
Qaytinglar kelmasdan ohirgi zamon
Bag'rida yot bo'lib yotmang sanamlar
Hiylayu nayranga soladi shayton
Shunisi shoirga qilar alamlar
===========
Nasihat o'rgatma barchaga boqib
Dunyo sendan oldik o'zgacha talim
Gururni sotdik biz iymoni sotdik
Shayton bo'ldi bizga ustoz muallim
=========
Adashgan bandamiz tovbalar qildik
Rahim et barchaning ko'pdir gunohi
O'zing bo'l u dunyo yaratgan egam
Mo'min musulmanning yolg'iz panohi
52 viewsXasan, 07:57
Ochish/sharhlash
2022-08-12 13:40:09 Dilimni og'ritdi hasadgo'y inson
Ko'rolmay bo'ladilar yurak bag'ri qon
Ne deyman ularga qanday so'zlayman
Ularni hudoga soldim onajon
========
Boshimga soldilar turli tashvishlar
Qildilar ortimdan g'iybat mishmishlar
Meni do'stga yomon degan emishlar
Ularni hudoga soldim onajon
========
Ollohni taniyman ko'nglimda iymon
Yeganim bir burda uyingizda non
Yedirgan qiladi doimo minnat
Ularni hudoga soldim onajon
========
Poylaydi poyimni ko'kda oyimni
Maydonda choparlar tulpor toyimni
Qiynaydi hasadgo'y aziz jonimni
Ularni hudoga soldim onajon
=======
Do'stlar emas mening dushmanlarim ko'p
Yoqamdan tortishib qiladilar to'p
Ne desa roziman tepsalaram ho'p
Ularni hudoga soldim onajon
=======
Yig'lama onajon kuyinmagin zor
Qilaman ulardan gururimni or
Yahshiyam yaratgan parvardigor bor
Ularni hudoga soldim onajon
=======
Mol dunyo ko'zlarni qilib qo'ydi ko'r
Otayu onangning ahvolini so'r
Bukuri kimsani to'girlaydi go'r
Ularni hudoga soldim onajon
========
Sochimga oq tushdi o'ylaganim yo'q
Nomingizni aytib kuylaganim yo'q
Otarlar hasadgo'y yuragimga o'q
Ularni hudoga soldim onajon
=======
Dunyoni kezdim men oyga yetar qo'l
Yur birga ketarmiz qani tezroq bo'l
Yonimda yurib ham deydi meni o'l
Ularni hudoga soldim onajon
======
Jonimdan o'tdilar aytgan so'zlari
Ko'rmaydi dunyoni ochiq ko'zlari
Jazoni beradi haqning o'zlari
Ularni hudoga soldim onajon
96 viewsXasan, 10:40
Ochish/sharhlash
2022-08-10 14:18:05 HAYOT BU
Hayot bu gohida sevilmoq
Sevsang u rashqida yonadi
Hayot bu adirli bir so'qmoq
Yo'llari tovoning yoradi
=========
Hayot bu bir lag'za shirin tush
Uyg'anmaqa hatto yetmas juratim
Boshimga bitilgan bir tashvish
Ko'zlarim ko'rmaydi suratim
=========
Hayot bu ummonli bir daryo
Kezdirar kemasi olamni
Goh yig'latib kuldirar gohi
Erkalab o'ynatar bolamni
===========
Yonsang ham kuysang ham baribir
Hammaga birdek boqmas dunyo
Qoziga bor aytib ko'rchi do'st
Oqarmikan orqaga daryo
=========
Hayot bu chiroyli baht bilan
O'tkazar har inson onini
Sinaydi yaratgan egam ham
Qay yo'lda topar deb nonini
=========
Osmon yig'lab aytsa dodini
Kim eshitar bu faryodini
Maydonlarda bukib qo'ymagin
Odamzodning omad otini
84 viewsXasan, 11:18
Ochish/sharhlash
2022-08-10 14:00:33 SEVAMAN
İshq yo'lida sarsonginam
Orzulari armonginam
Bu olamda tanhoginam
Seni jondan sevaman
======
Qo'linga gül tutarman
Hamon seni kutarman
Balki sensiz o'tarman
Seni jondan sevaman
=======
O'girlading bahtimni
Olib toj u tahtimni
Buzmayman lek ahdimni
Seni jondan sevaman
======
Tirnaydi hijron bag'rim
Qolmadimi ayt qadrim
To'lib ketsa ham dardim
Seni jondan sevaman
=======
Charchadim holim harob
Barchasi bo'ldi sarob
Quyib bersang ham sharob
Seni jondan sevaman
=======
Yonib kuydi bu dilim
Hat yozadi chap qo'lim
Chaqirsa bir kun o'lim
Seni jondan sevaman
177 viewsXasan, 11:00
Ochish/sharhlash