Get Mystery Box with random crypto!

Dada Qalqonimsiz pasponimsiz hamda orim Topganim ham talpingan | Xasan shoir she'rlari

Dada
Qalqonimsiz pasponimsiz hamda orim
Topganim ham talpinganim sizsiz borim
Siz borsizki yerga cho'kmas sho'h tulporim
Duvo bering jonim dadam dadajonim
============
Qiynaldilar ro'zg'or deya chekdi zahmat
Qilmadilar topgan nonin elga minnat
Eng avvola onam bilan sizga rahmat
Boshlarimda tojim bo'ling dadajonim
===========
Hajga boring deyin sizni hoji otam
El ichida bo'layin men mashhur hotam
Sen bizlarni yaratgan ey buyuk egam
Mehri daryo qalb bulog'im dadajonim
===========
Ortgin dunyo ko'taraman og'ir yuking
Alamlarni hasratlarni dada to'king
Bir erkalab o'g'lingizni bugun so'king
Hatolarim kechirgansiz dadajonim
=============
Dunyo yig'sam totirmidi sizsiz dada
Bu dunyoning bozoriga borgim kelmas
Sizni menga asra deya bergan hudo
Sizdek ulug' mo'tabar zot aslo bo'lmas
==========
Men ko'chaning bir daydisi devonaman
Tunlar tushda daryolardek to'lg'onaman
Tushda ko'rsam bir quchoqlab uyg'onaman
İnshoolloh hoji bo'ling dadajonim