Get Mystery Box with random crypto!

Dilimni og'ritdi hasadgo'y inson Ko'rolmay bo'ladilar yurak ba | Xasan shoir she'rlari

Dilimni og'ritdi hasadgo'y inson
Ko'rolmay bo'ladilar yurak bag'ri qon
Ne deyman ularga qanday so'zlayman
Ularni hudoga soldim onajon
========
Boshimga soldilar turli tashvishlar
Qildilar ortimdan g'iybat mishmishlar
Meni do'stga yomon degan emishlar
Ularni hudoga soldim onajon
========
Ollohni taniyman ko'nglimda iymon
Yeganim bir burda uyingizda non
Yedirgan qiladi doimo minnat
Ularni hudoga soldim onajon
========
Poylaydi poyimni ko'kda oyimni
Maydonda choparlar tulpor toyimni
Qiynaydi hasadgo'y aziz jonimni
Ularni hudoga soldim onajon
=======
Do'stlar emas mening dushmanlarim ko'p
Yoqamdan tortishib qiladilar to'p
Ne desa roziman tepsalaram ho'p
Ularni hudoga soldim onajon
=======
Yig'lama onajon kuyinmagin zor
Qilaman ulardan gururimni or
Yahshiyam yaratgan parvardigor bor
Ularni hudoga soldim onajon
=======
Mol dunyo ko'zlarni qilib qo'ydi ko'r
Otayu onangning ahvolini so'r
Bukuri kimsani to'girlaydi go'r
Ularni hudoga soldim onajon
========
Sochimga oq tushdi o'ylaganim yo'q
Nomingizni aytib kuylaganim yo'q
Otarlar hasadgo'y yuragimga o'q
Ularni hudoga soldim onajon
=======
Dunyoni kezdim men oyga yetar qo'l
Yur birga ketarmiz qani tezroq bo'l
Yonimda yurib ham deydi meni o'l
Ularni hudoga soldim onajon
======
Jonimdan o'tdilar aytgan so'zlari
Ko'rmaydi dunyoni ochiq ko'zlari
Jazoni beradi haqning o'zlari
Ularni hudoga soldim onajon