Get Mystery Box with random crypto!

Xasan shoir she'rlari

Telegram kanalining logotibi xasanshoirsherlari — Xasan shoir she'rlari X
Telegram kanalining logotibi xasanshoirsherlari — Xasan shoir she'rlari
Kanal manzili: @xasanshoirsherlari
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 156

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-04-20 14:51:42 G'animat bildim
Bugun bor ertani bilmaydi hech kim
Bu yorug' olamda qolmaydi hech kim
Nega siz turibsiz sõzlaganda kim
Dõstga do'st g'animat ekaning bildim

Shamollar silaydi oqargan sochim
Yomg'irdek tõkildi kõzlarda yoshim
Qaylarga otayin bu nafrat toshim
Kunduzning tunini g'animat bildim

Ey hudo yoriqlikka qalbladni bezat
Goh singan qalblarni sen õzing tuzat
Uydagi mehmonni chiroyli kuzat
Mehmoni mezmonga g'animat bildim

Tog'larning toshidan talqon eladim
Dushmanni dõst bilib baxtlar tiladim
Mudragan boshlarni ko'p bor siladim
Bu boshni dunyoda g'animat bildim

Etak bilan yopib bõlmaydi oyni
Ming ummon tõldirmas bir hõvich soyni
Ummonni soy uchun g'animat bildim

Dunyoni kõrsatgan nozik bir hilqat
Bag'ridan ochilgan biz uchun jannat
Bergan oq sutin qilmaydi minnat
Onani farzandga g'animat bildim

Tabiatning qõynida sayraydi bülbül
Tog'larda ochilar boychechak sumbul
Menga ato etgan yaratgan bir gul
Men yorni õzimga g'animat bildim

Men ojiz bandaman yozmoqdaman sher
Vujudim qaynaydi oqaverar ter
Bir kun õz bag'riga olsa meni yer
Shoirning sherini g'animat bildim.
42 viewsXasan, 11:51
Ochish/sharhlash
2023-03-27 03:05:30
Аллоҳни фарзини адо этаман деб ширин уйқусидан кечиб сахарлик қилиш учун уйғонганларни Аллоҳ Жаннати ила мукофотласин, АМИН

Дўстларга улашинг!

@TunuKunUz Каналга обуна бўлинг ва мухим хабарларни биринчи ўқинг!
37 viewsXasan, 00:05
Ochish/sharhlash
2023-02-10 12:15:16 QARDOSH ELİM

Biz insonmiz dunyoga biz sulton emas
Biz birgamiz yo'llarimiz ayro emas
Ko'kdan kelgan bu bologa chida qardash
Yer aslida kerilsa ham osmon emas
=========
Bu ofatga sabr bergin sadoqat ber
Vayronalar tagidadir qancha hayot
Yosh go'daklar tug'ulajak qara bugun
Ular etar bu shaharni bir kun bunyod
==========
Qarab turma vayronalar o'lkasiga
Olgin qo'lga ko'tar tashni boshing bilan
Sen toparsan gohi tirik gohi o'lik
Yuzlarini yuvib qo'ygin yoshing bilan
=========
Zilziladan jabr ko'rdi qardosh elim
Yo'qatdilar minglab qancha insonlarni
Men shoirman ko'zda yoshim yuvib ketsin
Bu dunyoda usholmagan armonlarni
==========
Ona tug'di bir go'dakni hamda o'ldi
Yiglayverib bu murg'akning bag'ri to'ldi
Ey yaratgan bu zamonga nima bo'ldi
Ko'zim hayron har tarafga termulaman
==========
Bu falokat tosh qalblarni titratadi
Bunday ofat har insoni yig'latadi
Yolgizmasan turki elim do'stlaring ko'p
Birdam bo'lib bu shaharni yashnatadi
==========
Qiz yig'laydi dada deya bir ho'rsinib
Topib bering mehri daryo onamnisiz
Botmasin deb ukasiga qattiq toshlar
Kaftin qo'ygan boshlariga jannati qiz
==========
Ey ollohim bu qandayin ne ko'rgulik
Yer tebrandi bo'ldi vayron koshonalar
Osmon o'pgan minoralar bo'ldi vayron
Tosh tagida qoldi qancha peshonalar
===========
Yana qayta tiklanadi go'zal shahar
Bog'bon barpo etar go'zal bog'larini
Unutolmas jonajon halq butun dunyo
Ko'ka qarab qilgan ona ohlarini
=========
Marhumlarga motam tutgin sukut saqla
Toshlar olgan bu tandagi jonlariga
Qahri qattiq bir dunyosan poklanib ol
Yuzing yuvgin oqayotgan qonlariga
==========
Turki elim qardoshing bor O'zbekiston
Biz bir halqmiz o'ga inmiz azaldan
Bir tovoqda oshlar yegan büyük halqmiz
Chodirlar ham bugün go'zal qasirdan
=========
Chetda turma do'stligingni ko'rsat vatan
Shunday kunda bilinadi do'stning zori
Mayli kelsin mehmon bo'lib koshonamga
Qardoshimga muntazirdir uyning to'ri
=========
77 viewsXasan, 09:15
Ochish/sharhlash
2023-01-21 16:33:23 Salom
119 viewsXasan, 13:33
Ochish/sharhlash
2023-01-17 08:04:43 http://m.ddcbd.cn/b4c3YV5oBnRkfHcJSAdWBABwXnVzAEUDKVUAe1UdCCwSBi83SwAGKjY9XgcVRyRSLiknDncSEXIMQVsQO2kQAg&p=wnnutg1673931833302
44 viewsA.Norboyev, 05:04
Ochish/sharhlash
2023-01-15 14:05:50 EY O'ZBEGİM
Ey o'zbegim sen turonsan ko'hna diyor
Osmonlarga qanot yozgan humo qushing
Ey o'zbegim senda sabr sadoqat bor
O'ngdan kelar tunda ko'rgan har bir tushing
=========
Sen Temursan to'mirda bor uning qoni
Sahrolarni chaman qilgan ey o'zbegim
Büyük elning daholari ko'pdir biroq
Daholari daho qilgan ey o'zbegim
========
Tog'larningda o'ngan giyoh shifo tanga
Boshim egik she'r bitmasam hür vatanga
Rabbim bizni yetkazdilar nurli tonga
Ey o'zbegim senga jonim fido qilgum
=========
Mehri daryo bir go'shasan qalbing iliq
Ko'ngling seni oppoq qordek bo'lgay tiniq
Bag'ringda yoq' topolmadim mehri siniq
Ey o'zbegim sen bizlarga najot bo'lding
=========
Sen alpomish yurti bo'lding azim surhon
Bobur asli andijoning mard o'glani
Qurilmasdi Bobursiz bu tojmahalar
Eyo'zbegim sen alplarning iftihori
========
Usmon o'tdi cho'lpon ketdi yurt ori deb
Bitdi qancha o'z elning fig'onini
Armonlar ham orzu bo'ldi ona halqim
Dunyo tinglar madhiyangning sadosini
=========
Büyük shoir ey novoiy bir bor so'zla
Öz elinga bitgan satr asarlardan
Nonin yedim ichdim zilol suvlarini
Kulbam go'zal o'zga yurtda qasirlardan
========
Ey o'zbegim quyosh kulib boqar senga
Tunda oy ham kunduzdayin charqlaydi
O'zga yurtning insonlari havas bilan
Tarix bitgan kitobingni varaqlaydi
==========
Olsa qo'lga ado bo'lmas yuz yilda ham
O'qiyverar qayta qayta tarixlarni
Olti emas ilm oldi ÕZBEKİSTON
Buloq qildi sahrodagi ariqlarni
========
Ey o'zbegim dunyo seni olqishladi
Bu olqishlar peshonangning tomgan teri
Barchamizga muqadasdir ulug' vatan
Ey o'zbegim ajdodlarning ko'hna eli
80 viewsXasan, 11:05
Ochish/sharhlash
2023-01-15 13:11:39 RABBİM
Ol jonimni yaratgan rabbim
Ko'zlarimga tor bo'ldi olam
O'zi sodda munis hokisor
Nega buncha yig'laydi onam
========
Rabbim senga iltijo qilib
Chaman etgin ko'ngil bog'ini
Berkitadi goh tunda onam
Osmondagi oyning dog'ini
==========
Mushfiq onam mushtipar onam
Jannatlarga ifor taratgan
Robbim sening nozik qalbingni
Mehr bilan birga yaratgan
=========
So'raydi yaratgan rabbidan
Baht bilan ko'kargan bog'larni
Duvoga qo'l ochib munisim
O'tkazar eng go'zal chog'larni
========
Erkala rabbim sen onamni
Quvonsin quvonchdan ko'zlari
Yarim tun sajdaga bosh egib
Yosh bilan to'kilar so'zlari
========
Rabbim sen har nega qodirsan
O'zingasan yo'qni bor qilguvchi
Yahshing ham yomoning mendirman
Sen faqat sabrni berguvchi
=======
Ol jonimni yaratgan rabbim
Ko'zlarimga tor bo'ldi olam
O'zi sodda munis hokisor
Nega buncha yig'laydi onam
37 viewsXasan, 10:11
Ochish/sharhlash
2023-01-08 12:05:14 Уйланаётган йигитга маслаҳат

Дўстим мана бугун сен,
Бир оила қурасан.
Шу билан бўйдоқликнинг,
Сафидан ҳам сурасан.

Сўнг ўрайди билдирмай,
Рўзғорнинг калаваси.
Тортмоққа бўласан шай,
Турмушнинг аравасин.

Гапу-гаштак, чойхона,
Бир муддат четга қўйгин.
Уч-тўрт кун дилдорингни,
Ҳуснига боқиб тўйгин.

Яхши-ёмон кунингда,
У энди сенга тиргак.
Дўстларинг борлиги бахт,
Лекин хотин ҳам керак.

Кийимларинг аскардек,
Тўғирлаб қўювчи у.
Чой узатса жилмайиб,
Юрагинг ўювчи у.

Дўстсиз ҳаёт-тузсиз ош,
Дўстга жонни тутамиз.
Уч кун рухсат, унданг сўнг,
Чойхонада кутамиз.

У-бу бахона билан,
Ростлайсан-да жуфтакни.
Мана биз сен тарафмиз,
Бақувват қил юракни.

Фақат асра гулингни,
Ўзга боғдан гул терма.
Аммо ҳечам ҳаётда,
Хотинга "повут" берма.

"Хўп бўлади" деб турсин,
Гапингни бошлашингдан.
Ҳаёлинг уқиб олсин,
Бир нигоҳ ташлашингдан.

Уйландим деб уйингдан,
Чиқмай ўтирма ундоқ.
Етти қадам ташласа,
Эркак бўлади бўйдоқ.

Ярим ҳазил, ярим чин,
Маслаҳатим тут ёдда.
Сенга олий тилагим,
Баҳтли бўлгин ҳаётда.

Замон оғир деганлар,
Бориб тошини терсин.
Ниятим Аллоҳ сенга,
Тўрт ўғил, тўрт қиз берсин.

Дилобар Ўролова

T.me/Marxabo_Karimova
63 viewsXasan, 09:05
Ochish/sharhlash