Get Mystery Box with random crypto!

Xasan shoir she'rlari

Telegram kanalining logotibi xasanshoirsherlari — Xasan shoir she'rlari X
Telegram kanalining logotibi xasanshoirsherlari — Xasan shoir she'rlari
Kanal manzili: @xasanshoirsherlari
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 156

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-12-12 09:26:05 EY DUNYO
Ey dunyo yig'latdinga kulgan ko'zlarin
Ey dunyo har kuyga solding bizlarni
Botqoqa botdilar bu jonsiz tanam
Ey dunyo tinglagin mag'zun so'zlarni
========
Ey dunyo ichirding shayton sharobin
Ey dunyo tortdingmi balki tanobim
O'tsam gar yig'lamas bu ko'hna dunyo
Ey dunyo kechirdim chekan azobim
========
Ey dunyo otamning qaddini bukding
Ey dunyo onamning yoshini to'kding
Daryolar to'ldilar bir tomchi yoshdan
Ey dunyo bitmagan maktubim o'qting
========
Ey dunyo sen tunsan zulmat kabisan
Ey dunyo daryoning ikki labisan
Hech qachan tutashmas bu ikki dudoq
Ey dunyo tonglarning otmas nurisan
========
Ey dunyo shoirning satrini bitding
Ey dunyo ko'rsang ham qaramay o'tding
Muhtojman hayotda mehrga mushtoq
Ey dunyo shaytonga ergashib ketding
=========
Ey dunyo bir porla quyoshdek bo'lib
Ey dunyo qolmagin loladek so'lib
Bu jonsiz tanamda yana jon bormi
Ey dunyo qolaman bag'ringda o'lib
=======
Ey dunyo ey dunyo bu ajib dunyo
152 viewsXasan, 06:26
Ochish/sharhlash
2022-12-11 14:42:45 Qorboba bilan suhbat(hazil she'r)
Yangi yilda qor bobo
Qorqiz bilan keldilar
Sovg'a salom ulashim
Hayir do'stlar dedilar
(Dedim)
Tohtang qayga ketasiz
Qorbobajon qorboba
Ahir bugün yangi yil
Qiling bizni bir duvo
(Qorboba)
Qani ko'tar bilakni
Aytay senga tilakni
Buncha shaddod bolasan
Yig'latdinga yurakni
( Dedim)
Qizingizmi bu bobo
Qaysi yurtning malagi
Sevin qolsam shu qizni
Urarmikan yuragi
Buncha go'zal paridek
Go'yo hurdir bu malak
Hur bo'lsa ham mayli sev
Deb aytadi bu yurak
(Qorboba)
Bu qorlar malikasi
Oydan go'zal ziyoda
Tog'larning cho'qqisidan
Keldi yolgiz piyoda
(Dedim)
Aytsam jahli chiqmasmi
O'ylab qoldim netaman
Yoq' qolmayman desa gar
Qorqiz bilan ketaman
Söz boshladim va sekin
Qorbobaning o'ziga
Qanday qarayman ey voh
Ho'p desalar ko'ziga
Shu go'zal hür malaka
Urdi mening yuragim
Sevin qoldim telbaman
Shudir mening tilagim
(Qorboba)
Bizda sevgi yoq' aslo
Sevgi o'zi nima bu
Dedim sevgi hayotda
Baht bilan muhabbatku
(Qorqizdan so'radilar)
Ey tog'larning hür qizi
Ertamning yorug' yuzi
Sevgi degan savdoga
Tushundingmi sen o'zi
(Qorqiz)
Qaridingiz ey bobo
Kunlar qoldi tayoqa
Bir so'z aytdi qorqiz ham
Juda yoqdi quloqa
Ha sevgini bilaman
Tohir zuhro yulduzi
Men qolaman qorboba
Siz ketasiz kunduzi
(Qorboba)
Rozimisan jon qizim
Sen bahtga burkanishga
Eskilarda naqil bor
Qor yog'ar qolgan ishga
Yangi yilda to'y bo'ldi
Aylandik biz archani
Shu bahtli kunimizga
Chaqiramiz barchani
Keldi mehmon chorladik
Yozdik uyga dasturhon
Har kimga yangi yilda
Berilsin shunday imkon
Kirib keldi yangi yil
Qorboba qildi tilak
Qorbobaning tilagidan
Hapsiradi bir yurak
Soqolin olib qo'lga
Zar to'nini tashladi
Qishlagdagi eshmat chol
Va so'zini boshladi
Keldim ko'cha naridan
Oldik bozordan buyim
Soqoliga tarmashdim
Kuyib ketdi bu uyim
Qorqiz qolaman deydi
Birga bahtli bo'lamiz
Eshmat chol ketib qoldi
Endi aniq olamiz
Yalong'oyoq yugurdim
Eshmatning kulbasiga
Keltirdim bu cholni
Do'paslab to'vbasiga
Qorqizing uyda yolg'iz
Ketmayman deb urdi do'q
Endi bizning bu uyda
Hech qachon yangi yil yoq'
Olib eshmat kampirin
Quchog'iga oldilar
Qorqiznig bellariga
Hasa bilan soldilar
(Qorboba dedi)
Ketmayman deb qorqitding
Qari kampir shum kampir
Tohir zuhro sevgisin
Mengayam qani gapir
(Qissa)
Yangi yilda qorqizga
Aytmang sevgi baytini
Tinglamang siz hech qachon
Qorboboning dardini
93 viewsXasan, 11:42
Ochish/sharhlash
2022-12-11 13:19:52 QOR
Qorlar yog'di bu oppoq qorlar
Qishning sovuq ayoz kechasi
Tong otmaydi ko'rinmas quyosh
Parlanadi honam darchasi
=========
Daraht yechgan ko'klam libosin
Burkanadi beg'ubor qorga
Bu qahroton qishning navosi
Kim soladi uzulmas torga
=========
Bugün tunda boshlaydi yana
Oppoq qorning turli jilosi
Yer yuziga tushgan laylak qor
Bu halqimning oltin tillosi
=========
Yog'aversin maydalab tinmay
Mayli bo'lsin dovul shomali
Qor aslida bu ayoz qishning
Bizga tuhfa etgan jamoli
==========
Tarnovlardan oqmaydi chak chak
Kun chiqmasa erimas muzlar
Bulut to'sar quyosh yuzini
Quyoshni ham sog'indi ko'zlar
========
Tog'lar go'zal maftunkor tog'lar
Bu oqlika burkangan olam
Qor ostida yotibdi mayus
Atirgulim binafsha lolam
87 viewsXasan, 10:19
Ochish/sharhlash
2022-12-09 11:03:15 Tun
Ko'chada turibman daydib tentirab
Osmonga qarayman yulduz sanayman
Hech kimsa ko'rinmas bu qora tunda
O'zimga ollohdan hamdard so'rayman
=========
Yulduzlar porladi osmon qo'ynida
Go'yoki bo'ldilar go'zal bir shahar
Bu tushmi bilmadim kecha kechqurun
Bir kosa sharobda bo'lganmi zahar
=========
Voajab naqadar chiroyli bu tun
Pardalar tortilmas oyning yuziga
Bitim men bir misra bir javob kitob
Yetmaydi shoirnig go'zal satriga
==========
Qanotim bõlganda uchib samoga
Kezardim bu tunning ko'chalarini
Zulmatdan yorishgan ko'hna bu dunyo
Ko'rdilar bu tunning nechalarini
29 viewsXasan, 08:03
Ochish/sharhlash
2022-12-07 13:38:06 Yana keldim ko'rgani seni
Gulgun yuzing oydek jamoling
Ada qilib kuydirdi meni
Qirlar oshib bedov otimda
Yana keldim ko'rgani seni
========
Darvozaga osilgan zanjir
Buzgun keldi darchalarini
Tun yarmida tentirab kezdim
Yorginamning ko'chalarini
=========
Ko'chadagi daydi itlarga
Bo'lib qoldim qadirdon ulfat
Dardim aytsam qo'ynimga kirib
Yotmag'lig'ni qildilar odat
========
Yana keldim ko'rgani seni
Yo'llarimni yoritdilar oy
Quchog'imda bugun sen emas
Daydi itlar olib bo'ldi joy
==========
Shirin tushlar ko'rib ül malak
Balki bo'lgan Rim qirolichasi
Bir ho'rsinib uyg'onsa yurak
Tugar edi buning barchasi
=========
Yana qaytib kelarman tunda
Darvozanga solmagin zanjir
Bog'laringdan menga atab sen
Terib qo'ygin bir savat anjir
=========
Yana keldim ko'rgani seni
26 viewsXasan, 10:38
Ochish/sharhlash
2022-12-07 13:04:35 OMAD KETMA YİGİTDAN
Omad ketsa otingning tuyog'ini tosh kesar
Bog'laringda gul emas yontog'lar gullab osar
Safarlarga otlansang goh do'stning yo'ling to'sar
Omad ketma yigitdan yigit ori sinmasin
===========
Qulasin qorli tog'lar qulamasin qadlari
Qaritadi yigitni ko'p bo'lsa ham dardlari
Temur bobur mirzolar elimizning mardlari
Omad ketma yigitdan yigit qaddin bukmasin
=============
Opa singil yigitning or nomusu bo'ladi
Shular bahtiyor bo'lsa yiğit o'ynab kuladi
Gar nomusi bulg'ansa tiriklayin o'ladi
Omad ketma yigitdan yigit bo'lsin bahtiyor
============
Davlat bergin boshiga tillo bo'lsin eshiga
Yangramasin hech qachon omadsizlik qoshig'i
Bo'sh qolmasin avvol uy torida beshigi
Omad ketma yigitdan farzand bergin yigitga
==========
Tashvishi ko'p tugamas ola ho'rjin haltasi
Tushub qolsa kulasiz yoqqasidan tugmasi
Qotib qotib kulganing qotib qolsin ensasi
Omad ketma yigitdan g'amlar ko'rmasin yigit
===========
Omad ketma yigitdan uchma omad qushlari
O'ngidan kelar balki tunda ko'rgan tushlari
Ko'p bo'lsa ham chidaydi boshiga tashvishlari
Yigitga do'st bo'l omad sen mardning qanoti bo'l
29 viewsXasan, 10:04
Ochish/sharhlash
2022-12-02 17:02:18 Oymamo
Oymamojan oymamo
Meni dardim tinglaysan
Meni dardim og'ir dard
Eshitib sen yig'laysan
==========
Sevar edim sanamni
O'sha qoshi qalamni
Sevgimga yetolmadim
Kimdan olay alamni
==========
Sevgi bizda mujassam
Shoir ko'zi ko'r edi
Sevganim uyalmasdan
Jonim alvido dedi
==========
Dunyolar tor ko'zimga
Dunyo emas bevofo
Ey oymamo dardimga
Bergin o'zing bir dovo
==========
Davosi yo'q bu dardning
Sevib bir bor kuyganman
Sendan so'rmay oymomo
Ko'ngil qo'yib qo'yganman
==========
Tunda ko'rinib nurdek
Qalbimni toshirasan
Bu dunyoda sevgim sen
Aybimni yashirasan
19 viewsXasan, 14:02
Ochish/sharhlash
2022-12-02 17:01:48 DO'ST JUMAGA BORAMİZ

TİLİFON QİLİB DO'STGA
BİZ QADİRDON JO'RAMİZ
TAYYOR TUR İKKALAMİZ
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
==========
BOMDOD BO'LDİ TONG OTDİ
YOSHİMİZ QİRQA YETTİ
SHOH BİLAN GODO KETTİ
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
========
MOLU DUNYO O'TKİNCH
KO'NGLİMNİNG SHU O'KİNCH
TUTAVERAR SOG'İNCH
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
==========
OTA ONA DUVODA
UMRİ BO'LSİN ZİYODA
QODİR OLLOH HUDODA
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
=========
SAJDAGA QO'YİB BOSHNİ
TO'KAYLİK QUVONCH YOSHNİ
DUVO YORADİ TOSHNİ
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
==========
TOG'DAYİN BO'LDİ GUNOH
YARATGAN O'Zİ GUVOH
JUMA KELİBDİ EY VOH
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
=========
İYMON TO'LA YURAKDA
BUGUN ORZU TİLAKDA
NAMOZ O'QİSH KERAKDA
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
=========
BOLA CHAQA DAVLATİM
İYMON MENİNG QUDRATİM
MENGA YOQAN ODATİM
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
=========
YOLG'İZ BORSAM DO'STGİNAM
QALBİMNİ TİRNAR ALAM
BİZ BİLAN GO'ZAL OLAM
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
20 viewsXasan, 14:01
Ochish/sharhlash
2022-11-25 18:38:28 YİGLAMA HAYOT
Men yoshman beboshman hali go'dakman
Ko'nglimning yarasin tirnama hayot
Osmonlar yig'laydi kuyib falakda
O'zganing dardi deb yig'lama hayot
===========
Bir bog"san bulbullar gulni hidlaydi
Tog'larning bag'rida qaynaysan hayot
Torimni chertsam ham honush turasan
Bulbulning kuyiga o'ynaysan hayot
==========
Tinglasa dardingni darvish kimsalar
Dardingning dovosin aytmaydi hayot
Sen borsang bu olam nurli chorog'on
Seningsiz tonglar ham otmaydi hayot
==========
Bo'larmi sening siz bog'da bahorlar
Bahorning bag'rini tirnama hayot
Makora shaytonlar chalganda kuyni
Bu kuyga dod solib yig'lama hayot
==========
Ne daryo ne ummon bag'ringda toshar
Suvga zor qilmagin qirg'oqni hayot
Sen toman talpinib yuraklar toshar
Daryo ham ummon ham dengizmas hayot
===========
Qiynaydi barchani hayotning o'zi
Gohida achchiqdir gohida shirin
Shoirga aytadi to'kib dardini
Shoirda yashirmas bu hayot sirin
27 viewsXasan, 15:38
Ochish/sharhlash
2022-11-25 18:37:19 YOSHLİGİMNİ SOG'İNDİM
Sog'indim yoshligim umrim bohori
Shabnamlar yüz ochgan sabolarda yel
Sochimni qopladi qordayin qirov
Qarigan chog'imda yana qaytib kel
========
Eslayman bolalik beg'ubor hayot
Yoshlikda eshakni dedik bedov ot
Sen ham bola bo'lib bir bag'rimda yot
Sog'ingan yurakni ezma bolalik
=========
G'am nima bilmasdim bog'ringda seni
Bu hayot qiynadi tashvishdan meni
Bilsangiz sog'indim yurakdan uni
Bahordek bir bora qaytgin yoshligim
=========
Do'stlarni topayin izlayin qaydan
Barchamiz yaralgan bir ho'vich loydan
Tushurib olaman qaytsang gar oydan
Barchamiz qumsaymiz seni bolalik
=========
Shipak yo'q oyoqda ko'chani kezib
Yugurib ketardik tikoni ezib
Eslayman barini turibman sezib
Sen mening betakror go'zal yoshligim
========
Kun botsa chopardik barchamiz uyga
Yomg'irdek vujudim aylandi terga
Bugün seni soldim umrbod she'rga
Qalbimda yashaysan ajib yoshligim
27 viewsXasan, 15:37
Ochish/sharhlash