Get Mystery Box with random crypto!

Ne bo'ldi diydamiz toshdayin qotti O'g'il otaga harsang tosh o | Xasan shoir she'rlari

Ne bo'ldi diydamiz toshdayin qotti
O'g'il otaga harsang tosh otti
Qizlar o'zgalarning bag'rida yotti
Ey dunyo iymoni sotib qo'ydikmi
==========
Ko'zlarni yumasan sharmi hayodan
Habari yo'q emish go'zal ibodan
Goh o'tking keladi ko'hna dunyoda
Qizlarning ibosi samoga ketti
==========
Bu dunyo bozori arosat bozor
Do'st do'stga qazadi kengiroq mozor
Ayol ham beradi yoriga ozor
Ayol o'zinimas o'zgani suydi
==========
Qidirib topmaysan mehr kitobin
Ul kitob qaro yer qariga kirgan
So'zlasang mehirdan ahmoq deydilar
Ustingdan dod solib yotlaring kulgan
============
Daryolar oqadi to'lg'anib sokin
Qirg'oqa chiqarar yuzda ko'pikni
O'g'il or qiladi nega deysizmi
Kiymaydi otadan qolgan etikni
============
Kiysa ne qiladi padarkush o'g'il
Tavonin hidi bor etik patida
Bir narsa ko'rdingmi oqpadar o'g'il
Yomog'i bormikan qay bir chetida
==========
Davlatga qilmagin barini qiyos
Duvolar ijobat shuning bariga
Sinovli dunyoda mehmonmiz biroz
Ketamiz bir kuni yerning qariga
=========
Kafanga oralib tobutga solib
Tor qabrni qilgin qo'ldan kelsa keng
İymoni sotmanglar qahri qattiqlar
U dunyo barchamiz bo'lamizda teng
==========
Ey dunyo dard chekib yig'layman nolib
O'rgatding insoni nafsning quliga
Solmading avrab sen yo'ldan chiqqani
Aylandi shaytoning o'tli kuliga
=========
Qaytinglar kelmasdan ohirgi zamon
Bag'rida yot bo'lib yotmang sanamlar
Hiylayu nayranga soladi shayton
Shunisi shoirga qilar alamlar
===========
Nasihat o'rgatma barchaga boqib
Dunyo sendan oldik o'zgacha talim
Gururni sotdik biz iymoni sotdik
Shayton bo'ldi bizga ustoz muallim
=========
Adashgan bandamiz tovbalar qildik
Rahim et barchaning ko'pdir gunohi
O'zing bo'l u dunyo yaratgan egam
Mo'min musulmanning yolg'iz panohi