Get Mystery Box with random crypto!

Xasan shoir she'rlari

Telegram kanalining logotibi xasanshoirsherlari — Xasan shoir she'rlari X
Telegram kanalining logotibi xasanshoirsherlari — Xasan shoir she'rlari
Kanal manzili: @xasanshoirsherlari
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 156

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2022-07-02 05:17:39 OQCHANGAL ELİM
Musoffo osmonda burgutday uchib
Quyoshning kaftidan suvlarni ichib
Oyni onam deya bag'riga quchib
Samoni siylagan oqchangal elim
===========
Qiring yo'q tog'ing yo'q bag'laring barpo
Dalangda o'nadi bug'doy va arpa
To'y qilsa uyulib ketar to'n sarpo
To'y qilib tinmagan oqchangal elim
============
Erta tong uyg'otar ajib bir sado
Boradi bomdodga shoh bilan gado
Qishlog'im go'zal qil yaratgan hudo
İymoni sevga el oqchangal elim
===========
Yer bilan sirlashar bobodeqonim
Qizlari mehnatda bilmaydi tinim
Shu elda tug'ilgan ey og'a inim
Yigitga ot bergan oqchangal elim
===========
Tandirga qalagan g'aflatni kelin
Hech kimaga aytmaydi dildagi sirin
Yopgan nonlari navotday shirin
Kelinni qizim deb qo'llagan elim
==========
O'g'il qiz bog'dagi mevali o'rik
Pok qalbi avvolam vijdoni tirik
Orzulari osmon lek ko'ngli tiniq
Bu yorug' dunyoda shod bo'lgan elim
==========
78 viewsXasan, edited  02:17
Ochish/sharhlash
2022-07-02 05:17:39 YOLG'İZ AYOL
Boshida sinsa ham tog'larning toshi
Azob u qayg'uga yetar bardoshi
Bejizga oqmaydi ko'zlarda yoshi
Orzulari osmon suradi hayol
Kun botmas tong otmas ey yolg'iz ayol
===========
Sinsa qalbi bo'lar vayrona kulba
Ollohga sig'inib qiladi tavbo
Maqsadi birgina ko'rmoqlik ka'ba
Umr ham bekorga bo'lmasin zavol
Yorin yo'qotgan ey yolg'iz ayol
============
Dardini aytadi oyga tunlari
Gohida mag'zundur shodon kunlari
Berk bo'lsa kim ochar hayot yo'llari
Ko'z yoshi bo'ladi tomchisi uvol
Dardlaring tinglayman ey yolg'iz ayol
==========
Tebratib dunyoni solib beshika
Ko'z to'kib turasan qarab eshika
Bor hislating soldim bugun qo'shiqqa
Bu kuyni tinglab sen bermagin savol
Farishta o'zingsan ey yolg'iz ayol
73 viewsXasan, edited  02:17
Ochish/sharhlash
2022-07-02 05:17:36 DO'ST JUMAGA BORAMİZ

TİLİFON QİLİB DO'STGA
BİZ QADİRDON JO'RAMİZ
TAYYOR TUR İKKALAMİZ
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
==========
BOMDOD BO'LDİ TONG OTDİ
YOSHİMİZ QİRQA YETTİ
SHOH BİLAN GODO KETTİ
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
========
MOLU DUNYO O'TKİNCH
KO'NGLİMNİNG SHU O'KİNCH
TUTAVERAR SOG'İNCH
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
==========
OTA ONA DUVODA
UMRİ BO'LSİN ZİYODA
QODİR OLLOH HUDODA
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
=========
SAJDAGA QO'YİB BOSHNİ
TO'KAYLİK QUVONCH YOSHNİ
DUVO YORADİ TOSHNİ
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
==========
TOG'DAYİN BO'LDİ GUNOH
YARATGAN O'Zİ GUVOH
JUMA KELİBDİ EY VOH
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
=========
İYMON TO'LA YURAKDA
BUGUN ORZU TİLAKDA
NAMOZ O'QİSH KERAKDA
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
=========
BOLA CHAQA DAVLATİM
İYMON MENİNG QUDRATİM
MENGA YOQAN ODATİM
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
=========
YOLG'İZ BORSAM DO'STGİNAM
QALBİMNİ TİRNAR ALAM
BİZ BİLAN GO'ZAL OLAM
DO'ST JUMAGA BORAMİZ
75 viewsXasan, 02:17
Ochish/sharhlash
2022-06-20 21:46:04 Live stream finished (14 hours)
18:46
Ochish/sharhlash
2022-06-20 07:37:31 Live stream started
04:37
Ochish/sharhlash
2022-06-20 07:31:27 Oy yuzing silayin yerga qo'ygin bosh
Allalar aytsinmi erkalab onam
Tun porloq ko'rinar to'lganingda sen
Jannatga o'hshaydi bu ko'hna olan
=========
Yuzingda dog'larni berkitma aslo
Bu dog'lar husninga beradi chiroy
Sen tanho samoda birgina yolg'iz
Osmoning egasi bebahosan oy
137 viewsXasan, 04:31
Ochish/sharhlash
2022-06-20 07:31:26 Ne uchun qayg'udan ezilding yurak
Sevgi hor ayladi tag'dir yo'limni
Kishanga soldilar mangu umrbod
Zanjirband qildilar oyoq qo'limni
========
Roziman shu kishan jonimni olsin
Zanjirband qo'llarim silasin yuzim
Dunyoni ko'rdilar dedilar ey voh
Sevgi azobida yumlisin ko'zim
130 viewsXasan, 04:31
Ochish/sharhlash
2022-06-20 07:31:26 Ey do'st nomardlarga aytmagin siring
Dardingni qilmagin ularga doston
Makkora shaytondan o'tadi ular
Poyinga qo'yadi tuzoqni oson
========
Ey do'st davlating bo'lsa ziyoda
Kimlar ulov mingan kimlar piyoda
Hammasi bo'lmaydi jonning sodiq
Sodiqdan nomardlar ko'pdir dunyoda
115 viewsXasan, 04:31
Ochish/sharhlash
2022-06-20 07:31:26 Yashagin hayotda bo'ridek bo'lib
Bo'rilar ortiga solmaydi nazar
Ortiga boqqanda tulki bilan sher
Bo'rilar qiladi itlardan hazar
========
Jasarat ko'rsatar maydonda botir
Ushlagan o'ljasin oladi ilib
O'rmonda hech kimga etmaydi rahim
Yaratdi ularni shudayin qilib
111 viewsXasan, 04:31
Ochish/sharhlash
2022-06-20 07:31:26 Yo'qatgan narsamni topib beringlar
İymonga yetaklang qo'limdan tutib
İbodat qilayin buyuk ollohga
Yahshilar sizlarni turibman kutib
=========
Shoytonga do'st bo'ldim bu ko'hna dunyo
Yo'llarim berkitdi afsus nadamat
Yo'qatgan narsamni topib beringlar
Bir bora ber dunyo shoirga omad
108 viewsXasan, 04:31
Ochish/sharhlash