Get Mystery Box with random crypto!

AYRONCHİ QİZ Uchratdim bir go'zalni sirdaryoning yo'lida Shiri | Xasan shoir she'rlari

AYRONCHİ QİZ
Uchratdim bir go'zalni sirdaryoning yo'lida
Shirin sharbat bir kosa ayroni bor qo'lida
Ayroni olib ichdim termulib yuzlariga
Teng kelmaydi dunyolar o'zbegim qizlariga
=========
Chakkasida rayhoni bol tomadi so'zidan
Ko'zimni uzolmadim ko'zmunchog'li ko'zidan
Jondan suyganing bormi yo'q bo'lsa bo'lay o'zim
Takror takror so'radim u sanamning o'zidan
==========
Ayronchi qiz nozlanib rayhoni oldi qo'lga
Men oshiqni bo'ldi deb solmaqchi bo'ldi yo'lga
Ketsam qaytib kelaman dunyoning chekasidan
Oshig'ing bo'lsa oy qiz tutaman yoqqasidan
==========
Uchratmadim sendayin dunyoda men malakni
Sevaman deb ayt dildor qiynamagin yurakni
Sochay poyinga gullar yayrasin shodon dillar
Bir kosa ayron ichib o'tibdi necha yillar
==========
Nozlanmagin nozanin nozlaring tegdi jonga
Alishmasman men seni butun jumla johonga
Yorim bo'lgin bir umr gullat sevgi bog'ini
Tun yormida to'lin oy berkitmaydi dog'ini
=========
Yurak ado bo'lmasin qiynamagin dildorim
Yetib borsin ollohga mening nolayu zorim
Bir kosa ayron ichib bag'rimga oldim quchib
Shu so'zlarning hurmati bo'la qolgin sen yorim