Get Mystery Box with random crypto!

YURAGİM Sevadi yuragim erkatoy qizni Orzularim armon bo'lsa ne | Xasan shoir she'rlari

YURAGİM
Sevadi yuragim erkatoy qizni
Orzularim armon bo'lsa netaman
Armonli dunyodir bu dunyo
Sen qolgin men o'zim ketaman
========
Yuragim yig'laydi ho'rsinib
Qarayman ortimga turar jim
Tanimay qolaman o'zimni
Men mardmi nomardmi bilmas kim
=========
Daryodek toshadi yuragim
Savoli ko'p javoblarim yo'q
Seni tashlab ketarman yorim
Ortimdan ot qo'lga olib o'q
=======
Tark etay bevofo dunyoni
Unutay armonli dunyoni
Yig'latdim beozor yurakni
Unutmay yashayman zeboni
=======
Ketarman sahroda yolg'izman
To'zg'itar shomollar sochimni
Telbaman devona mashrabman
Eslolmay yuraman yoshimni
=======
Sochimda oq hamon yolg'izman
Eslaydi o'ksinib yuragim
Qirq yoshga kirdim men dilroba
Bo'lmaydi yor senga keragim
========
Sevadi yuragim erkatoy qizni
Orzularim armon bo'lsa netaman
Armonli dunyodir bu dunyo
Sen qolgin men o'zim ketaman


[Surat 176.jpg]